Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Silviya Nayd: «Quvonchim cheksiz»

Silviya Nayd: «Quvonchim cheksiz»

Baho:
+ | -

FIFA 2016 yil yakunlariga ko‘ra, Silviya Naydni ayollar terma jamoasining eng yaxshi murabbiyi deb topdi. Germaniya terma jamoasi 52 yoshli mutaxassis qo‘l ostida Rio Olimpiadasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu germaniyaliklar uchun dastlabki oltin medal edi. O‘z o‘rnida aytish joiz, Nayd ikkinchi marta shunday nomga loyiq ko‘rildi. 9 yanvar kuni Syurixda bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimidan so‘ng FIFA rasmiy sayti Silviya bilan suhbat uyushtirdi.

- Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lganingizdan so‘ng o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Yana bir bor shu sovrinni qo‘lga kiritganimdan bag‘oyat mamnunman. Ajoyib kecha bo‘ldi. Quvonchim cheksiz.

- Olimpiadadan keyin Germaniya terma jamoasini tark etdingiz. Ishingizni sog‘inyapsizmi?

- Anchadan buyon o‘zimni bunga tayyorlab bordim. Albatta, sog‘inaman. Germaniya termasi bosh murabbiyi sifatida ko‘p ishlarni qildim. Tabiiyki, bu hissiyotlarni unutib bo‘lmaydi.

- Rioda jamoa bilan natijaga erishish mumkinligiga qachon ishondingiz?

- Turnir avvalida bir ritmga tushib olish uchun kurashdik. Ammo chorak finalda Xitoy termasini mag‘lub etganimizdan so‘ng o‘zimizning eng yaxshi formamizga kirganimizni tushunib yetdim. Aynan o‘shanda bu jamoa bilan oltin medallarni qo‘lga kiritish mumkinliliga ishondim.

- Finaldan so‘ng faoliyatingiz davomidagi eng katta yutuqqa erishib bo‘lganingizni aytdingiz. Olimpiya o‘yinlarining oltin medallari siz uchun shunchalik muhimmidi?

- Buning sabablari ko‘p. Birinchidan, Germaniya ayollar terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Olimpiadada zafar quchdi. Ikkinchidan, biz Braziliyaga aynan chempion bo‘lish uchun borgandik. Uchinchidan, maqsadimizga erishdik. To‘rtinchidan, bunday natijalar bir umr yodda qoladi.

- Medal olishdan tashqari, turnirdagi eng esda qolarli vaziyat qaysi bo‘ldi?

- Finalning «Marakana»da o‘tgani ma’qul keldi. Shuningdek, muxlislarimiz bilan ko‘rishish uchun stadionning narigi tomoniga o‘tdik. Birgalikda suratga tushdik. Bunday vaziyatlarni unutib bo‘lmaydi.

- Endilikda Germaniya terma jamoasining «razvedkachisi» sifatida faoliyat olib boryapsiz. Bu ish o‘zingizga ma’qul kelyaptimi?

- Jamoani boshqarish chog‘ida qo‘l ostingizdagi futbolchilarning holatidan yaxshi xabardor bo‘lasiz. Bor e’tibor shogirdlaringizga qaratiladi. Endi esa boshqa termalarning o‘yinlarini ko‘proq tomosha qilyapman. Masalan, Gollandiya, Shvesiya yoki AQSHda nima bo‘layotganini kuzatib boraman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:11, 02.02.2017.
O'qildi: 6320 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик