Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Messi va Suaresning mahorati «Atletiko»ning jamoaviy o‘yinini taslim etganda

Messi va Suaresning mahorati «Atletiko»ning jamoaviy o‘yinini taslim etganda

Baho:
+ | -

Ba’zida eng zo‘r jamoaviy o‘yin ham shunchaki yetarli bo‘lmaydi. Shunday o‘yin ko‘rsatgan «Atletiko» bu safar «Barselona»dan o‘yin boshida ikkita gol o‘tkazib yubordi, ikkinchi taymdagi ajoyib harakatlar esa mag‘lubiyatdan qutulishga yetarli bo‘lmadi. «Barsa»ning ustunligini esa Lionel Messi va Luis Suares mahoratining o‘ta yuksakligi ta’minladi.

O‘tgan mavsum Chempionlar ligasi chorak finalida «matraschilar» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra kataloniyaliklarni musobaqadan chiqarib yuborgan edi. Biroq o‘shanda Messi, Suares va Neymarning Janubiy Amerikadagi terma jamoalar o‘yinlaridan charchab qaytgan davriga to‘g‘ri kelgan va bu «Atletiko»ning g‘alabasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan edi. Bu uchlik kuchga to‘lgan holda bo‘lganida, to‘qnashuv boshqacha ko‘rinish olishi mumkin edi.

Kechagi o‘yinda esa ular aynan shunday holatda edi. «Atletiko»ning mashhur himoyasi so‘nggi paytlarda tartibsiz o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lsa ham, «Barsa»ga qarsha o‘yinda yana asliga qaytgan edi. Biroq ular Suares 7-daqiqadayoq jamoaning deyarli yarmini ortda qoldirib darvozani ishg‘ol qilganda va 33-daqiqada Messining hayratlanarli zarbasiga qarshi hech narsa qila olmadi.

Aslida ularni qanday to‘xtatish mumkin? Bu juda qiyin, aynan futbolchilarning individual mahorati bu darajadagi farqni ko‘rsatadi. «Ateltiko» esa qanchalik sifatli jamoaviy o‘yin ko‘rsatmasin, Messi, Suares va Neymar singari futbolchilarga ega emas. Madridliklarning bu futbolchilar darajasiga eng yaqin a’zosi Antuan Grizmann bo‘lib, u buni o‘zining ikkinchi bo‘limdagi goli bilan ko‘rsatdi. Balki fransiyalik hujumchi javob o‘yinida ham vaziyatni o‘zgartirishga urinib ko‘rar.

Ham Buskets, ham Inestaning xizmatlaridan bir vaqtning o‘zida foydalana olmayotgan «Barsa» esa Messi va Suaresning mahorati evaziga maydon markazidagi ustunlikni ta’minlashga hojat ham sezmadi. Messining bu bahsdagi o‘yinin alohida ta’kidlash lozim. Argentinalik futbolchi o‘zi doimo oldinga tashlanib turish bilan birga to‘pni hech kimga uzatish imkonsizdek tuyulgan qator vaziyatlarda kerakli futbolchini topa oldi va bu uning sheriklarini butun o‘yin davomida ma’lum bosim ostida ushlab turdi.

«Atletiko» esa o‘zining Qirol kubogi doirasida «Visyente Kalderon» stadionidagi so‘nggi o‘yinida mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun oldinga tashlandi. Albatta, kelayotgan yozda buziladigan stadionda musobaqa finali o‘tkazilishi mumkinligini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Biroq Simeone jamoasi baribir vaziyatni o‘nglay olmadi. Zaxiradan maydonga tushgan Fernando Torres mezbonlar o‘yiniga shijoat qo‘shgan bo‘lsa ham bu natijaga ta’sir ko‘rsatmadi.

«Visyente Kalderon»da besh fantastik mavsum o‘tkazgan argentinalik murabbiy shartnomasi yakunlanishi oldidan (2018-yil yozida) jamoani yangi stadionga ham boshlab borishi kutilmoqda. Ushbu besh mavsum davomida u «Atletiko» bilan beshta sovrin yutishga erishdi, biroq 2014 yildan buyon biroq sovrin yutolgani yo‘q.

Ammo u «matraschilar»ni o‘zlari yetishi mumkin bo‘lgan eng yuqori marralarga yetaklaganini e’tirof etish lozim. Buning uyatli joyi yo‘q, chunki eng yuksak darajalarda o‘yinlar taqdirini eng, eng, eng yaxshi futbolchilar hal qiladi. Hozirda shunday futbolchilarga ega jamoa «Atletiko» emas, balki «Barselona»dir.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 15:00, 02.02.2017.
O'qildi: 11927 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.