Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Alisher Azizov: «Maqsadim – «Dordoy» orqali terma jamoadan chaqiruv olish»

Alisher Azizov: «Maqsadim – «Dordoy» orqali terma jamoadan chaqiruv olish»

Baho:
+ | -

«Paxtakor» jamoasidagi bir necha yillik ishtiroki bilan muxlislar nazariga tushgan hujumkor yarim himoyachi Alisher Azizov ham legionerga aylandi. U kuni kecha Qirg‘izistonning bir necha karra chempioni - «Dordoy» klubi bilan shartnoma imzoladi. Ikki tomon o‘rtasidagi kelishuv bir yilga mo‘ljallangan. Agar hammasi ijobiy davom etsa, bitim muddatini uzaytirish ham mumkin. So‘nggi ikki mavsumni «Obod»da o‘tkazgan futbolchi o‘z gollari bilan klubning oliy ligaga chiqishiga katta hissa qo‘shgandi. Azizov 2015 yilda O‘zbekiston birinchi ligasi to‘purariga aylangandi. Hozirda yarim himoyachi yangi jamoasi bilan Turkiya yig‘inida ishtirok etyapti. Biz Alisher Azizov bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.

- Alisher, Qirg‘iziston klubi varianti qay tarzda paydo bo‘ldi?

- Hammasi kutilmaganda ro‘y berdi, desam yanglishmayman. «Dordoy» murabbiylari agentlardan hujumchilarni tavsiya qilishlarini so‘rashgan. Agentlar esa 3-4 nafar futbolchining o‘yinlari yozilgan disklarni ularga yetkazishgan. Mutaxassislar disklarni ko‘rib chiqqach, mening variantimda to‘xtashibdi. Keyin rasman murojaat qilishgach, taklifni ko‘rib chiqib, unga rozilik berdim.

- «Dordoy» klubida sizni o‘ziga qaratgan asosiy jihat nima bo‘ldi?

- Bu klubning qit’ada nufuzi jihatidan OCHLdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turuvchi OFK kubogida ishtirok etishi shartnoma imzolashimda asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Qolaversa, «Dordoy» Qirg‘izistonning eng sovrindor jamoasi hisoblanadi, doimo o‘z oldiga yuksak vazifalarni qo‘yadi. Bu yil ham jamoa mamlakat chempioni bo‘lish hamda kubokni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. OFK kubogida ham imkon qadar uzoqroqqa borishimiz shart. Yana shuni ham aytishim kerak, «Dordoy»dagi muvaffaqiyatli ishtirokim bilan terma jamoadan chaqiruv olishni maqsad qilganman.

- Yangi jamoangiz bilan yaqindan tanishishga ulgurdingizmi?

- Tanishib oldim. Bu klubda sharoitlar juda ham yaxshi ekan. Menga har tomonlama ma’qul keldi. Tarkibdagi deyarli barcha futbolchilar Qirg‘iziston milliy va yoshlar terma jamoasi a’zolari. Juda iste’dodli o‘yinchilar jam bo‘lishgan. Jamoada mendan tashqari yana uch legioner bor. Ularning ikki nafari Ganadan, yana biri Rossiyadan. Maqtanyapti demang-u, lekin sharoitlari havas qiladigan darajada ekan. Balki, «Dordoy» Qirg‘izistonning eng yaxshi klubi bo‘lgani uchun ham shundaydir.

- Jamoa bosh murabbiyi bilan gaplashib oldingizmi? Bu mutaxassis haqidagi ilk taassurotingiz qanday?

- Ha, suhbatlashdik. Anchagina talabchan va qattiqqo‘l mutaxassis ekan. Bu yil o‘zimiz qatnashadigan barcha turnirlarda birinchi bo‘lishimiz kerakligini aytdi. Shuningdek, ganalik hujumchi bilan o‘zaro tushunib o‘ynashim lozimligini uqtirdi. Murabbiyimiz Ruslan Siddiqov Qirg‘iziston futbolida katta obro‘-e’tiborga ega. Aytishim mumkinki, u kishi bizga qo‘shni mamlakatning Mirjalol Qosimovi ekan.

- «Dordoy» saviyasini oliy ligamizning qaysi klublari bilan tenglashtira olasiz?

- Agar «Dordoy» oliy ligamizda ishtirok etsa, bemalol 7-12-o‘rinlarni egallaydi. Bizdagi aynan mana shu pog‘onadagi jamoalar bilan taqqoslagan bo‘lardim. Yaratilgan sharoitlar bo‘yicha elitamizning grand klublari bilan bahslasha oladi.

- Klub stadioni va bazasida bo‘ldingizmi?

- Ha. Bishkekdagi yig‘inimiz chog‘ida bazada yashadim. Stadion va baza bir joyda joylashgan ekan. «Dordoy» xalqaro o‘yinlarni terma jamoaga tegishli stadionda o‘tkazadi.

- Alisher, ikki yil mobaynida «Obod»da o‘ynadingiz. Adashmasak, hali klub bilan shartnomangiz bor edi. Toshkent jamoasi rahbarlari osonlikcha qo‘yib yuborishdimi?

- Xuddi shunday. Klub mutasaddilariga minnatdorchilik bildiraman. Meni to‘g‘ri tushunib, «Dordoy»ga ketishimga qarshilik ko‘rsatishmadi. Yana ikki yillik shartnomam bo‘lishiga qaramay, menga yangi klubimda omad tilashdi. Yaxshi kayfiyat, ochiq yuz bilan xayrlashdik.

- Qaysi raqamni tanladingiz?

- «Paxtakor»da men uchun sevimli bo‘lib qolgan 23-raqamni tanladim.

- Qaysi pozisiyada o‘ynayapsiz?

- Ba’zida hujumga qo‘yishyapti. Ayrim o‘yinlarda hujumchi ortida o‘ynayapman.

- «Paxtakor»dan keyin faoliyatingizda biroz pasayish kuzatildi. Bu holatni tahlil qilib ko‘rdingizmi?

- Albatta, tahlil qilganman. Shunday bo‘lishiga o‘zim sababchiman. Bu borada hech kimni ayblamayman. Jarohat sabab safdan chiqdim. Qaytganimda zaxirada o‘tirib qoldim. Nimagadir faqat kerak bo‘lmagan paytda jarohat olaman. Buning natijasida o‘z joyimni boy berib qo‘yaman.

- Qirg‘izistonda legionerlarga taxminan qancha maosh to‘lashadi? Bu yerdan ketib o‘ynashga arziydimi?

- «Dordoy» misolida aytsam, maosh qoniqtirdi. To‘g‘risi, boshqa klublarni bilmayman.

- Demak, bizdan ko‘proq, shundaymi?

- Yo‘q. Ular maosh borasida grand jamoalarimizga tenglasha olishmaydi. Lekin o‘rtamiyona klublarimizdan ko‘ra yaxshiroq.

- Qirg‘iziston chempionati qachon boshlanadi?

- Xuddi bizda bo‘lgani kabi 4 mart kuni start olar ekan. 4-5 mart kunlari 1-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. Oliy ligada 8ta jamoa ishtirok etadi. O‘yinlar 4ta davrada tashkil etiladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 20:45, 02.02.2017.
O'qildi: 7328 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.