Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Janubiy Koreya — O‘zbekiston 1:1. Devis kubogida Denis Istomin terma jamoaga birinchi ochkoni taqdim etdi

Janubiy Koreya — O‘zbekiston 1:1. Devis kubogida Denis Istomin terma jamoaga birinchi ochkoni taqdim etdi

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis kubogining Osiyo va Okeaniya mintaqasida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya bilan to‘qnash kelishi kerak edi. Bugun — 3 fevral kuni uning doirasida ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi va o‘zbekistonliklarning ikki eng kuchli tennischisi o‘z ishtirokini boshladi.

Birinchi bo‘lib kortga mamlakatning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziyev chiqdi. U jahon tennis reytingida 367-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Fayziyevga raqiblik qilgan Xyon Chon 73-o‘rinda edi. Ya’ni, Denis Istomindan ham uch pog‘ona yuqori. Bu holat natijada ham ko‘rindi. Tennischilarning o‘zaro o‘yinida koreyalik sportchining qo‘li baland keldi. Besh set davom etgan geymning 2 ta setida zafar quchish Fayziyevning g‘alabasi uchun yetarli bo‘lmadi — 4:6, 4:6, 7:6, 6:4, 0:6.

Australian open—2017 da muvaffaqiyatli ishtirok etib, jahonning ikkinchi raketkasi Novak Jokovichni sensasion tarzda turnirdan chiqarib yuborgan O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin esa Fayziyevdan keyingi geymda zafar quchib, O‘zbekiston termasiga 1 ochko taqdim etdi. U mezbonlarning Dak Xi Li ismli tennischisiga qarshi kortga tushdi va birinchi setni kutilmaganda boy bergandi — 4:6. Keyingi uch set davomida esa raqibidan ustun keldi — 6:2, 7:6, 6:4.

Devis kubogi
Osiyo va Okeaniya mintaqasi
3 fevral, juma

Janubiy Koreya — O‘zbekiston 1:1

Xyon Chon — Sanjar Fayziyev 6:4, 6:4, 6:7, 4:6, 6:0
Dak Xi Li — Denis Istomin 6:4, 2:6, 6:7, 4:6

Ertaga — 4 fevral kuni juftlik bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. 5 fevral kuni o‘tkaziladigan yakkalik bahslari bilan Janubiy Koreya — O‘zbekiston o‘yinida g‘olib nomi aniqlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:46, 03.02.2017.
O'qildi: 8310 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.