Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

«Barselona»: rotasiyaning kamyob samarasi

«Barselona»: rotasiyaning kamyob samarasi

Baho:
+ | -

«Kamp Nou»da kamdan-kam kuzatiladigan holat: «Atletik»ka qarshi La Liga doirasidagi o‘yinning tugashiga hali 26 daqiqa qolgan bir vaqtda Lionel Messi zaxiraga olindi.

Bunday vaziyatlarda odatda jahli chiqadigan argentinalik yulduz esa bu safar zaxira o‘rindig‘ida kayfiyati chog‘ tarzda o‘tirdi. Umuman, ushbu o‘yinda Luis Enrike tomonidan amalga oshiriladigan rotasiyalarning kamdan-kam samarasi ko‘rindi.

Tarkibdagi o‘zgarishlar uchun tanqidga uchrab kelayotgan murabbiy «Atletiko»ga qarshi Madriddagi o‘yindan oldin rotasiyasiz jamoa bunday bosimga bardosh berolmasligini ma’lum qilgan edi. Aynan rotasiya evaziga kataloniyaliklar 2014/2015-yilgi mavsum yakuniga barchadan tetik tarzda yetib kelgan va «trebl»ni qo‘lga kiritgan, o‘tgan mavsumda esa charchoq Chempionlar ligasini erta tugatishga majbur qilgan edi.

Shu tufayli Enrikening tashabbusi bilan o‘tgan yozda Samyuel Umtiti, Lukas Din, Andre Gomesh, Denis Suares, Yasper Silissen va Pako Alkaser aynan zaxira variantlarini ko‘paytirish maqsadida olib kelingan edi. Gomeshning «Barselona»dagi faoliyati hozircha bir tekisda kechamyotgan bo‘lsa, Pako Alkaser La Ligada gol urolmay kelayotgan edi. Biroq «Atletik»ka qarshi o‘yinda ispaniyalik hujumchi nihoyat bu ishni uddaladi va bu uning uchun La Ligada so‘nggi 9 oydagi birinchi gol bo‘ldi.

Bungacha faqatgina Qirol Kubogi doirasida «Erkules»ga qarshi 7:0 hisobida g‘alaba qozonligan o‘yinda gol urgan Alkaser uchun bu yangi ibtido bo‘lishi mumkin. U «Atletiko»ga qarshi javob o‘yini uchun dam olgan Luis Suaresning o‘rnida o‘ynagan bo‘lsa, Lionel Messi ham aynan shu maqsadda o‘yinni erta yakunladi. «Barselona»ning ikkinchi goliga mualliflik qilgan Messi zaxira o‘rindig‘ida Suares bilan kulishib o‘tirdi va bu bilan zaxiraga olinganidan xafa emasligini ko‘rsatdi.

Jamoaning ba’zi muxlislari o‘yin taqdiri hal bo‘lmagan bir paytda eng yaxshi futbolchi maydonni tark etganidan xavotirlana boshlagan bir paytda Aleysh Vidal oldinda otilb hisobni yiriklashtirdi va xavotirlarga barham berdi. 2015-yil yozida «Barsa»ga kelgan himoyachi shu paytgacha jamoada o‘z o‘rnini topishga qiynalayotgan va hatto Luis Enrikening tanqidiga ham uchragan edi. Biroq «Las Palmas»ga qarshi o‘yinda (5:0) gol urgach, Enrike «U murabbiyi nohaq bo‘lganini isbotlayapti», deya e’tirof etgandi.

«Barselona» bosh murabbiyi endi Pako Alkaser ham yaxshi yo‘singa tushib olib, jamoa uchun qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etishidan umid qilsa kerak. Zero, aynan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan rotasiya «ko‘k-anorranglilar»ga 2016/2017-yilgi mavsumda sovrinlar yutishga yordam berishi mumkin.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 14:59, 05.02.2017.
O'qildi: 8223 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.