Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Filip Rayevas: “Qo‘qonda qolishim masalasi tibbiy ko‘rikdan so‘ng hal bo‘ladi”

Filip Rayevas: “Qo‘qonda qolishim masalasi tibbiy ko‘rikdan so‘ng hal bo‘ladi”

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” jamoasi safida serbiyalik hujumchi Filip Rayevas ko‘rikdan o‘tmoqda.

Hujumchi Farg‘onada o‘tayotgan “Viloyat Hokim Kubogi-2017” turnirida to‘rtta o‘yinda maydonga tushib beshta gol urishga erishdi. Biz Rayevasning jamoadagi dastlabki taassurotlari haqida suhbatga chorladik.

– Filip, O‘zbekistonga birinchi tashrifingiz, mamlakatimiz haqidagi taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

– O‘zbekiston haqida eshitganlarim ko‘rganlarim oldida hech narsa emas ekan. Yurtingiz juda go‘zal . Odamlari xushmuomala, tabiati chiroyli. Taomlaringiz juda mazali ekan. Ayniqsa, milliy taomlaringiz – osh menga judayam yoqdi. Eng asosiysi, O‘zbekiston tinch ekan. Hatto yarim tunda ham ko‘chada xotirjam sayr qilish mumkin ekan. Shunday mamlakatga kelganimdan g‘oyat baxtiyorman.

– Jamoada sizni qanday qarshi olishdi? To‘rtta o‘yinda maydonga tushdingiz va beshta gol urdingiz. Jamoa yoqdimi ?

– Qo‘qon klubida meni juda iliq kutib olishdi. Bu yerda hamyurtlarim Darko va Nikola borligi uchun men o‘zimni begona joyga kelganimni unchalik his qilmadim.

Jamoadagi barcha futbolchilar professional yigitlar ekan. Mahoratli va tez futbolchilar. Barcha bilan juda yaxshi chiqishib ketdik. Buni natijasida beshta gol urdim. Jamoadoshlarim har o‘yinda meni juda yaxshi paslar bilan ta’minlab turishdi. Barcha urgan gollarimda jamoadoshlarimning hissalari katta. Agar ular meni qulay tarzda to‘p bilan ta’minlashmaganida gol ura olmagan bo‘lardim. Jamoaning har bir chizig‘ida juda yaxshi futbolchilar bor.

– Bosh murabbiyga harakatlaringiz ma’qul keldimi ? Jamoada qolishingiz qachon hal bo‘ladi?

– Bosh murabbiy va jamoa vise-prezidenti bilan gaplashdim. Ularga men ko‘rsatgan o‘yin ma’qul kelganini aytishdi. “Viloyat Hokim Kubogi-2017” turniridan so‘ng Toshkent shahriga yo‘l olaman. U yerda tibbiy ko‘rikdan o‘tishim kerak. Barcha masala tibbiy ko‘rikdan so‘ng hal bo‘ladi. Natijalar yaxshi bo‘lsa albatta jamoa bilan shartnoma imzolayman.

– Siz bir qator Yevropa jamoalarida to‘p surgansiz. Qaysi jamoa hayotingizda eng yorqin iz qoldirgan ?

– Shu kunga qadar Polsha va Serbiyaning bir qator jamoalari safida to‘p surdim. So‘nggi jamoam Belgrad shahrining “OFK” jamoasi bo‘ldi. “OFK” jamoasi Serbiya davlatining eng buyuk klublaridan biri. Bu jamoa katta tarixga ega. Jamoada Aleksandr Kolarov, Branislav Ivanovich singari jahon darajasidagi futbolchilar to‘p surishgan. Shunday jamoada o‘ynaganimdan juda xursandman.

-“Qo‘qon-1912” jamoasi muxlislariga aytadigan gaplaringiz bormi ?

– Bilasizmi, menga Qo‘qonda hammadan ko‘p jamoaning muxlislari yoqdi. Ular ob-havoning sovuq bo‘lishiga qaramay bizning har bir o‘yinlarimiz va mashg‘ulotlarimizga kelishmoqda. Ularning olqishlarini ko‘rish va eshitish menga bir olam zavq bermoqda. Fursatdan foydalanib barcha muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman. Ularni xursand qilish uchun borimni berib o‘ynashga va’da beraman.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 10:36, 07.02.2017.
O'qildi: 4314 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.