«Lester» xo‘jayinlari bosh murabbiy Klaudio Ranyeri bilan uchrashib oldi.
The Telegraph xabariga ko‘ra, rahbariyat italiyalik mutaxassisga to‘liq ishonch bildirib, uni iste’foga chiqarish rejasi yo‘qligini aytgan.
Ayni paytda «Lester» APL jadvalida 16-o‘rinda bormoqda va quyi ligaga tushib ketish hududidan jamoani 1 ochko ajratib turibdi.