Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Ronalduning taqdiri halmi?

Ronalduning taqdiri halmi?

Baho:
+ | -

Krishtianuning o‘yinlari «Real» muxlislarini qoniqtirmayapti. Portugaliyalik yulduzning agenti Jorje Mendesh esa mijozining Xitoyga sayohat uyushtirishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Soccer.ru fursatdan foydalanib, Ronalduning «qirollik klubi»ni tark etishi bilan bog‘liq ma’lumotlarga e’tibor qaratdi.

Sotilsin. «Real» muxlislarining pozisiyasi

Zidan haq, Ronalduni doim tan­qid qilishadi. Ammo bunga asos bor. Portugaliyalik yulduz vaqti-vaqti bilan vaziyatning o‘zi uchun salbiy tus olishiga zamin yaratadi. «Real» ishqibozlariga Krishtianuning jamoaviy futbolga bo‘lgan munosabati, xudbinligi, g‘alaba keltiruvchi gollari kamaygani yoqmayapti. Muhim to‘p kiritilmadimi, demak ispanlar uni yoqtirishmaydi. Ronaldu muxlislarga jiddiy talab qo‘yadi - pul keltiring va hushtak chalmang. Mana endi, uning o‘ziga shunday javob qaytarishmoqda. Mabodo, Peres portugaliyalik hujumchini sotib yuborsa, bundan madridliklar aslo ranjishmasa kerak.

Sotilmasin. Moliyaviy manfaat

Ronalduni transfer qilish masalalari Mendesh va Peres manfaatlariga to‘liq mos kelgandagina o‘rganib chiqiladi. Aytishlaricha, o‘tgan yilning oxirlarida «Real»ga Ronaldu uchun 300 million yevro taklif qilishgan. Futbolchining o‘ziga esa 100 million miqdorida yillik maosh berishmoqchi. Bu - OAVdagi oddiy xabar emas, balki agentning gaplari. Xullas, Peres portugaliyalik yulduzni sotishga qarshi emas. Yillik daromading 620 million yevroga teng bo‘lgani holda 300 milliondan voz kechish mumkinmi? «Real» so‘nggi 11 yilda ilk marta dunyoning badavlat futbol klublari ro‘yxatidagi peshqadamlikni boy berib, uchinchi o‘ringa tushib qoldi. Madridliklar bu borada «MYU» va «Barselona»dan ortda qolishmoqda. Shunday ekan, Mendesh 300 millionni gapirib, maqtanmagan, balki shikoyat qilgan. Hozircha Ronaldu taklifni rad etdi. Zidan esa jarohatlardan nolib, tarkibni kuchaytirish lozimligini uqtirdi. Asosiysi, fransiyalik mutaxassis hozir oldingi chiziqdagi yakkaxonga ehtiyoj sezmayapti.

Sotilsin. Hamma uchun foydali

«Real» yoshi o‘tgan o‘yinchini 300 emas, 150 million yevroga sotsa ham moliyaviy holatini ancha yaxshilab oladi. Bunga Ronalduning yillik maoshi miqdorini ham qo‘shib hisoblansa, foyda miqdori yanada oshishi turgan gap. Boz ustiga, Krishtianu Xitoyga ketsa, «Real»ning YECHLdagi raqobatchilari tarkibi portugaliyalik yulduz hisobiga kuchayishining oldi olinadi. Jorje Mendeshning bu transferdan qanday daromad ko‘rishi mumkinligini esa aytish shart­mas.

Sotilmasin. Lionel Messining muvaffaqiyati

Agar Messi va «Barselona» bo‘lmaganida, Ronaldu hozirgidek yaxshi o‘yin namoyish etolmasdi. Angliyada Leodek raqobatchilarni ko‘rmagan, APLdagi so‘nggi mavsumidagina «Real»­dagi sermahsullikni namoyish etgandi. Hozircha «Oltin to‘p» borasida 4:5 hisobida Messi oldinda bormoqda, demak vaziyatni tenglashtirish imkoniyati mavjud. Buning uchun chempionatda «Barsa»ni ortda qoldirish, argentinalik yulduzdan yorqinroq o‘yin ko‘rsatish kifoya. Zero, joriy yil terma jamoalar yirik musobaqalarda qatnashishmaydi. Shunday ekan, Ronaldu hali-veri Xitoyga ko‘chib o‘tmasa kerak. Lionel muvaffaqiyatli o‘ynagani sari portugaliyalik hujumchi uni quvib o‘tish uchun har qanday puldan voz kechaveradi.

Sotilsin. Ronaldu cho‘qqiga chiqib bo‘ldi

Ayni payt Zidan uchun Krishtianu ajoyib futbolchi va jamoa yetakchisi hisoblanadi. Shunga qaramay, «Real»dagi murabbiylar shtabi Ronaldusiz o‘ynash uslubi ustida bosh qotirishmoqda. Portugaliyalikning o‘yini har doim ham yaxshi chiqavermayapti, demak, unga qattiq ishonish ham to‘g‘ri emas.

Aftidan, Messi va Krishtianu eng yuksak cho‘qqini zabt etib bo‘lishgan. Ular avvalgi yillardagidek barqaror emaslar. Pepe, Beyl va Ramos kabi futbolchilar bilan terma jamoa va klubda birga o‘ynashi - Ronalduning omadi. «Real» YECHL g‘olibligini yana o‘n yil kutishni xohlamasa, o‘zining asosiy yulduzi emas, balki butun tarkibni shakllantirishni o‘ylashi darkor. Fevralda Ronaldu 32 yoshga to‘ladi. Raul aynan shu yoshda «keksalik» maqomiga loyiq ko‘rilgandi. Krishtianu jamoaning bir qismi va brend sifatida muhim, tug‘ma yetakchi va yagona xaloskor ko‘rinishida esa foydasi tegishi so‘roq ostida.

Hukm. Ronalduni Xitoyga sotib bo‘lishdi

qaror qabul qilindi, Peres va Mendesh portugaliyalik yulduzni Xitoyga sotishga rozilar. Ronalduni amaldagi kelishuv muddati yakunlanguncha ushlab turish uchun asos kam. Hozir yirik summaga sotgan yaxshimi yoki keyinroq tekinga qo‘yib yuborishmi? «Real» o‘z afsonalariga rahm qilmaydi, yoshi o‘tib, o‘yini chiqmaganlar ketadi. Iker Kasilyasning taqdiri bunga yaqqol misol. Demak, «qirollik klubi» Ronalduning holatini istisno tariqasida qabul qilmaydi, boz ustiga, u boshqa mamlakat fuqarosi. qolaversa, Krishtianuning gollari soni kamaysa, futbolchiga to‘lanayotgan pullar ortiqcha xarajatga tenglashadi.

Portugaliyalikning o‘yini qovushmasa va xitoyliklar 2018 yilning yozigacha futboldan bezib qolishmasa, «Real» Ronalduni Chin o‘lkasiga sotishi aniq. Ushbu futbolchining taqdiri deyarli hal. Yangi shartnoma hech nimani o‘zgartirmaydi. Krishtianuning transferi JCH-2018dan keyinoq amalga oshishi mumkin. Xullas, keyingi mavsumlarda Ronalduning muxlislari Xitoy superligasini kuzatishsa, ajabmas.

Jahongir MIRZO tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:46, 10.02.2017.
O'qildi: 39473 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.