Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Jahon sport akademiyasi yilning eng yaxshilarini aniqladi

Jahon sport akademiyasi yilning eng yaxshilarini aniqladi

Baho:
+ | -

14 fevral kuni Monakoda 2016 yil sport mavsumining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Jahon Sport Akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda yamaykalik sprinter Useyn Bolt yilning eng yaxshi sportchisi deb topildi. Ta’kidlash joiz, ushbu mukofotni qo‘lga kiritishga nomzodalar orasida portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu va britaniyalik tennischi Endi Marrey kabi sportchilarni ko‘rish mumkin edi. Useyn Bolt mazkur mukofotni to‘rtinchi bor qo‘lga kiritdi. Yengil atletikachi o‘tgan yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi deb 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida to‘rt karra chempionga aylangan amerikalik gimnastikachi Simona Baylz tan olindi. Amerikalik suzuvchi Maykl Felps “Yil qaytishi” deb topildi. Felps “Rio 2016” Olimpiya o‘yinlarida 5ta oltin va bir kumush medalni qo‘lga kiritdi. “Yil yangiligi” yo‘nalishida “Formula-1 jahon chempionligini ilk bor qo‘lga kiritgan nemis avtopoygachisi Niko Rosberg. Yil jamoasi sifatida Amerikaning “Chikago Kabs” beysbol klubi tan olindi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 11:49, 16.02.2017.
O'qildi: 9302 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик