Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

“Surxon” klubi Oliy ligaga chiqish uchun kurash olib boradi

“Surxon” klubi Oliy ligaga chiqish uchun kurash olib boradi

Baho:
+ | -

Surxondaryo viloyatining “Surxon” (Termiz) professional futbol klubi 2017 yilgi mavsumda mamlakat birinchi ligasida qatnashib,  oliy ligaga chiqish uchun kurash olib boradi.

Ma’lumki, 2016 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, o‘tish turnirida munosib qatnashgan “Neftchi” (Jarqo‘rg‘on) jamoasi birinchi ligaga yo‘llanma olgan bo‘lsa-da, uy uchrashuvlarni o‘tkazish uchun ushbu tumanda yaratilgan shart-sharoitlar, sport bazasi va stadioni O‘zbekiston Professional futbol ligasi talablariga javob bermaydi. Shu tufayli viloyat hokimligi viloyat futbol federasiyasi va “Neftchi” futbol klubi rahbariyati bilan kelishilgan holda O‘zbekiston XXVI milliy chempionati birinchi ligasida “Surxon” (Termiz) professional futbol klubi ishtirok etadigan bo‘ldi.

Viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov yig‘ilishda birinchi liga musobaqalarida  “Surxon” klubining avvalgi shuhratini tiklash, Termiz shahridagi “Alpomish” stadionida birinchilik uchrashuvlarini yuqori saviyada o‘tkazish va muxlislar uchun zarur shart-sharoit yaratish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidladi. Yig‘ilishda “Surxon” (Termiz) professional futbol klubi prezidenti etib viloyat hokimi o‘rinbosari Abdujalil Abduqodirov, E. Xolboboyev esa futbol klubi ijrochi direktori, Vali Keldiyev bosh murabbiy etib tayinlandi. “Surxon” klubi 1968 yilda tashkil qilingan. 2018 yilda jamoa tuzilganiga roppa-rosa yarim asr bo‘ladi.  O‘zbekiston Oliy ligasida 2000, 2002 va 2003 yillarda 9-o‘rinni egallagan. 2002 va 2003 yillarda O‘zbekiston Kubogi yarim finalida ishtirok etgan. 1968—1968 — «Chegarachi»; 1969—1973 — «Avtomobilist»; 1974—1974 — «Spartak»; 1975—1983 — «Avtomobilist»; 1984—1984 — «Surxon» (Surxon); 1985—1993 — «Surxon»; 1994—1996 — «ASK»; 1997—2008 — «Surxon»; 2009—2010 — «Dinamo-Hamkor»; 2012 yildan— «Surxon».
Manba: 1news.uz
Kiritildi: 15:06, 17.02.2017.
O'qildi: 9001 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.