Ispaniya regional chempionatida qatnashuvchi "Xedula" klubi futbolchisi "Portuense" bilan o‘yinda bosh hakam yordamchisiga hujum qilgani uchun 47 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.
Marca xabariga ko‘ra, Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi futbolchini hakamga tashlangani uchun 40 o‘yinga, boshqa vaziyatdagi "hunari" uchun yana 5 o‘yinga va bosh hakamga quloq solmagani uchun 2 o‘yinga diskvalifikasiya qildi.
Bundan tashqari, o‘yinchisining noma’qul hulqi uchun "Xedula"dan bir ochko olib tashlandi.