Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 0-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 0-0 OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Yaponiyadagi qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini Misha Ge himoya qiladi

Yaponiyadagi qishki Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini Misha Ge himoya qiladi

Baho:
+ | -

19 fevral kuni Sapporoda VIII qishki Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

Unga Sapporo Dome stadioni mezbonlik qildi. Ushbu arena 2002 yilda futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchrashuvlariga ham mezbonlik qilgandi.

Osiyo o‘yinlari 19—26 fevral kunlari Yaponiyaning Sapporo va Obixiro shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar sportning 11 turi bo‘yicha bellashadi: xokkey, biatlon, kyorling, figurali uchish, short-trek, konkida yugurish, tog‘ chang‘i sporti, chang‘i poygasi, fristayl, snoubord va tramplindan sakrash. Obixiro faqatgina konkida yugurish bo‘yicha musobaqalarni o‘zida qabul qiladi.

Qishki Osiyo o‘yinlariga 32 mamlakatdan 1200 nafar sportchi tashrif buyurgan. Bu safar Okeaniya mintaqasi vakillari hisoblan Avstraliya va Yangi Zelandiya terma jamoalari ham musobaqada mehmon sifatida qatnashadi. Faqat ular medallar uchun kurash olib bormaydi.

Kechagi tantanali ochilish marosimidan avval Sapporoda O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarish marosimi o‘tkazildi. Musobaqada mamlakat sharafini bir nafar sportchi — figurali uchishda Misha Ge himoya qiladi.

U o‘z ishtirokini 24 fevralda boshlaydi. Shu kuni qisqa dastur bo‘yicha musobaqalar Toshkent vaqti bilan 14:05 da start oladi.

26 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 08:00 da erkin dastur bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazalib, Gening unda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

26 fevral kuni Makomanay muz saroyida Osiyo o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:03, 20.02.2017.
O'qildi: 6375 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик