Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Paxtakor» murabbiyi g‘alaba qozonishi mumkinligi haqida, «Arsenal» posboni esa «Paxtakor» hujum qila olmagani haqida aytdi

«Paxtakor» murabbiyi g‘alaba qozonishi mumkinligi haqida, «Arsenal» posboni esa «Paxtakor» hujum qila olmagani haqida aytdi

Baho:
+ | -

Turkiyaning Antaliya shahrida yig‘in olib borayotgan Toshkentning «Paxtakor» klubi Rossiya Premyer-ligasidagi 16 ta jamoa orasida 15-o‘rinni egallab turgan klubga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvdan keyin «Paxtakor» bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy natija adolatli ekanini ta’kidlab, uning shogirdlari g‘alaba qozonishi ham mumkin bo‘lgani haqida aytdi:

"Natija adolatli. «Arsenal» tashabbusga ega bo‘ldi. Biz ham faqat himoyada o‘ynaganimiz yo‘q. G‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Ta’kidlash lozimki, bizning jamoa Rossiya chempionati klublaridan kuchsizroq. Bundan oldingi o‘rtoqlik uchrashuvida «Krilya Sovetov»ga yutqazib qo‘ygandik (0:1). «Arsenal»ga chempionatda omad tilayman!", - dedi Grigoriy Kolosovskiy, «Paxtakor» bosh murabbiyi.

Shu kuni Tulaning «Arsenal» klubi darvozasini himoya qilgan Vladimir Gabulovning fikrlari esa umuman boshqacha yangradi:

"Yigitlar murabbiy bergan vazifani uddalashga harakat qildi, biz nolga o‘ynadik. Bu natijaga katta ahamiyat bermagan bo‘lardim. Raqibni hurmat qilganim holda aytamanki, «Paxtakor» yuqori darajali jamoa emas. Raqib darvozamiz oldida hech qanday vaziyat yarata olmadi. Jamoadoshlarim harakat qildi, vaziyatlar yaratishdi, darvozaga zarbalar berildi. Afsuski, gol ura olmadik", - dedi Vladimir Gabulov, «Arsenal» darvozaboni.

Bunda fikrlar bir-biriga qarama-qarshi. E’tibor berish kerak bo‘lgan jihat esa «Paxtakor» ustozining ustunlik kim tarafida bo‘lganini tan olgani. «Paxtakor» hujum qilishi kerak bo‘lgan darvozaga esa tabiiyki, Gabulov Kolosovskiydan yaqinroq bo‘lgan. Chunki darvozani uning o‘zi qo‘riqlagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:41, 20.02.2017.
O'qildi: 10517 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик