«Roma» hujumchisi Diyego Perotti «Boka Xuniors» klubiga qaytish niyati borligini aytdi.
28 yoshli futbolchi 2014 yilda Argentinaning mashhur klublaridan birida yarim yilni o‘tkazib, 2ta o‘yinda maydonga tushgan edi.
«Roma» qaysidir jihatlari bilan «Boka»ga o‘xshab ketadi. U yerda ham futbolchilarning g‘alaba qozonish ishtiyoqi juda kuchli. Argentinada jarohat tufayli juda kam o‘ynadim. Meni yana ikki yillik shartnomam bor, biroq «Boka»ga qaytishni xohlardim. Qiyin bo‘lsa ham, yana bir imkoniyatga ega bo‘lishni istardim» - dedi Perotti.