Kirish Ro'yxatdan o'tish

Zidan: «Biz 10 daqiqada o‘yinni boy berdik»

Zidan: «Biz 10 daqiqada o‘yinni boy berdik»

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida "Valensiya" va «Real» o‘rtasidagi o‘yinda mezbonlar g‘alaba qozonishdi. O‘yindan keyin madridliklar bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Haqiqat shundaki, biz 10 daqiqa ichida o‘yinni boy berdik. Biz hujumga yaxshi o‘tdik, to‘pni nazorat qildik, ammo himoyada ikkita xatoga yo‘l qo‘ydik. Shundan keyin ixtiyorimizda 80 daqiqa bor edi. Biz qo‘ldan kelgan barcha ishni qildik, ammo o‘yinimizga ko‘p jihatlar yetishmadi. "Real" raqiblar bilan oradagi farqni oshirib olish imkoniyatidan foydalana olmadi.

Ispaniya chempionati — juda og‘ir liga. Bugun g‘alaba qozonganimizda ham mavsum yakuniga yetmagan bo‘lardi. Mag‘lubiyat uchun o‘zimizni oqlamaymiz. Biz birinchi o‘rinda qoldik. Biroz dam olib, "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", – dedi Zidan.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 01:33, 23.02.2017.
O'qildi: 7376 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик