«Lester» darvozaboni Kasper Shmeyxel, Chempionlar ligasidan o‘rin olgan «Sevilya» (1:2) klubiga qarshi o‘yindan so‘ng, o‘z fikrlarini aytdi.
«Juda qiyin o‘yin bo‘ldi. Biz kuchli jamoaga yutqazdik. Ammo safardagi 1:2 hisobi – juda yaxshi natija.
Biz «Sevilya»ga qarshi yaxshi o‘yinni namoyish qilmoqchi edik, joriy mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklarning bizga ta’siri yo‘qligini ko‘rsatmoqchi edik.
Safardagi gol ham muhim bo‘ldi. Endi javob o‘yinida har qanday natija qayd etilishi mumkin. Seyvlarim bilan jamoaga yordam berish – mening vazifam. Lekin jamoaviy o‘yinimizni ham qayd etgan bo‘lardim» - dedi Shmeyxel.