"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo APLning 27-turida "Bornmut" bilan uchrashuvda (1:1) amoa hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning penaltini aniq bajara olmagani xususida gapirdi.
"Qismatni qarang-ki, biz penalti tepishni mashq qilmay qilmay qo‘ygan edik. Oxirgi 4 yoki 5 oyda bizga penalti berishmayotgan edi. Ibrahimovich, Pogba... Ular 11 metrlik nuqtadan tepishni mashq qilmaydilar va kerakli vaqtda tayyor masdilar. Bu g‘alati", - deydi Mourinyo.