Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Alaves 2-1 Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem 0-3 Chelsi
21/09 17:00 Metallurg 3-2 Paxtakor
21/09 17:00 Valyadolid 0-0 Real Sosyedad
21/09 17:30 Liviya 0-8 Ispaniya
21/09 17:30 Qozog‘iston 10-0 Yangi Zelandiya
21/09 18:00 Venetsiya 2-0 Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa 3-1 Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem 3-1 Nyukasl
21/09 19:00 Lester 1-1 Everton
21/09 19:00 Tottenhem 3-1 Brentford
21/09 19:00 Liverpul 3-0 Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton 1-1 Ipsvich
21/09 19:15 Olimpik 0-3 Dinamo
21/09 19:15 Osasuna 2-1 Las-Palmas
21/09 20:00 Angola 5-9 Argentina
21/09 20:00 Ukraina 4-1 Afg‘oniston
21/09 21:00 Yuventus 0-0 Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas 0-0 Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya 2-0 Jirona
21/09 23:45 Lechche 2-2 Parma
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina - Lasio
22/09 17:00 Xetafe - Leganes
22/09 18:00 Brayton - Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa - Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao - Selta
22/09 20:30 Manchester Siti - Arsenal
22/09 21:00 Roma - Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal - Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka

Bemorlar termasi yoki mavsumning eng yoqimsiz jarohatlari

Bemorlar termasi yoki mavsumning eng yoqimsiz jarohatlari

Baho:
+ | -

Zayniddin Zidan va’dasiga muvofiq ish tutib, Real»ning «Espanyol»ga qarshi o‘yinida Garet Beylni maydonga tushirdi. Uelslik futbolchi bunga javoban qaytishini gol bilan bezadi. Biroq hamon safdan chetda qolayotgan yulduzlar ko‘p. Xullas, Soccer.ru sayti mavsumning eng muhim pallasida «majburiy tomoshabin» roliga mahkum bo‘lgan futbolchilardan o‘ziga xos «ramziy» terma jamoa shakllantirdi. Ishoning, binoyidek tarkib yuzaga keldi, chunonchi, unga 90 kun maydonga tusholmagan Garet Beyl ham kiritildi.

Yan Oblak («Atletiko»; Sloveniya)

Jarohat o‘laroq, qancha muddat maydonga tusholmaydi? Taxminan 100 kun

Oblak dekabr oyi o‘rtalarida, La-liga taqvimidan o‘rin olgan «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda jarohatga yo‘liqdi. Natija - jarrohlik amaliyoti va uzoqqa cho‘zilgan tiklanish... Eng yomoni, asosiy golkiperisiz qolgan «Atletiko» bu orada bir qator muhim bahslarda qimmatli ochkolarni boy berdi. Oblakning safdan chiqishi klub uchun chindan ham, jiddiy yo‘qotish edi. Hattoki, Diyego Simeone o‘shanda «matraschilar»ning 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatlariga ham parvo qilmay, aynan darvozabon jarohatiga to‘xtalgandi: «Yan Oblakning safdan chiqishi oldida 0:3 hech narsa emas...».

Qachon safga qaytadi? Taxminan mart oxiri yoki aprel boshida

Aleysh Vidal («Barselona»; Ispaniya)

Jarohat o‘laroq, qancha muddat maydonga tusholmaydi? Taxminan 150 kun

«Barselona» safiga qo‘shilish Aleyshga hozircha baxt keltirgani yo‘q. U uzoq vaqt tarkibga kirolmadi va «jomadon» ustida o‘tirgancha ketish haqida o‘ylay boshladi. Hattoki, Luis Enrikedan oshkora o‘pkalandi ham. Nihoyat, himoyachi murabbiy ishonchiga kirib, sekin-asta samarali harakatlari bilan e’tiborga tushayotgan vaqtda, o‘ta noxush jarohatga to‘qnash keldi. Oddiy aytganda, Vidalning to‘piq suyagi chiqib ketdi va u endi kamida 5 oy futbolsiz yashashga majbur.

Qachon safga qaytadi? Taxminan iyun-iyulda

Andrea Barzali

(«Yuventus»; Italiya)

Jarohat o‘laroq, qancha muddat maydonga tusholmadi? Taxminan 90 kun

Qanchalik alamli bo‘lmasin, Barsalining futboldagi davri ufqqa yaqinlashmoqda, chog‘i. Vaqtida «Yuventus»ning asosiy himoyachilaridan biri hisoblangan va Leonardo Bonuchchi hamda Jorje Kyellini bilan ajoyib trioni tashkil etgan Andrea aynan salomatligiga bog‘liq doimiy muammolar sabab, zaxira vakiliga aylandi-qo‘ydi. Deylik, futbolchi joriy mavsumning o‘zida jami 90 kun davolandi. U o‘tgan yilning oxirida yelka suyagi chiqishidan aziyat chekkandi, keyin soni pand berdi. «Keksa sinyora» esa Barsalisiz o‘ynashga ham ko‘nikib ulgurdi.

Qachon safga qaytdi? Fevral oxirida

Jerom Boateng («Bavariya»; Germaniya)

Jarohat o‘laroq, qancha muddat maydonga tusholmaydi? Taxminan 80 kun

Bundesliganing joriy mavsumdagi eng qimmatbaho «bemori». Boateng jarohat oqibatida himoya markazida Mats Xummels bilan to‘laqonli hamkorlik qila olganicha yo‘q. Zero, u mavsum boshidan buyon salomatligi borasida ko‘ngilsizliklardan bo‘shamayapti. Misol uchun, mavsumoldi yig‘inlarida mushaklar tizimiga bog‘liq muammolar o‘laroq, yaxshi ishlay olmadi. Kuzga kelib, futbolchi kichik lat yeyishlardan azoblandi. Dekabr o‘rtalarida esa yelkasi jarohatlangani bo‘yicha hali maydonga qaytgani yo‘q.

Qachon safga qaytadi? Taxminan martning o‘rtalarida

Alessandro Florensi («Roma»; Italiya)

Jarohat o‘laroq, qancha muddat maydonga tusholmaydi? Taxminan 1 yil

Joriy mavsumning eng dahshatli jarohati. Oktyabr oyida «Sassuolo»ga qarshi kechgan o‘yin chog‘i Florensining tizza suyagi shikastlandi va u operasiya stoliga yotdi. Jarroh avvaliga Alessandroni 3-4 oy ichida oyoqqa tiklashini aytdi. Shunga muvofiq, futbolchi fevral oyida mashg‘ulotlarga ham kirishdi, biroq mashq bajarish jarayonida ko‘p aziyat chekkan chap tizzasi yana lat yedi. Endi to‘laqonli tiklanishi uchun kamida 7-8 oy ketishi ta’kidlanmoqda.

Qachon safga qaytadi? Taxminan oktyabrda

Santi Kasorla («Arsenal»; Ispaniya)

Jarohat o‘laroq, qancha muddat maydonga tusholmaydi? Taxminan 130 kun

Kasorlaning chetda qolishi «Arsenal» uchun qattiq zarba bo‘ldi. Ekspertlar ispaniyalik futbolchini bejiz «kanonirlar» safidagi eng yaxshi xavbek sifatida tilga olishmayotgandi. Chindan ham, Santi professor Arsen Venger tomonidan yo‘lga qo‘yilgan tizimli o‘yin uslubiga juda yaxshi moslashgandi. Afsuski, Kasorla oktyabr oyida boldiridan jarohatlandi. Klub shifokorlari konservativ muolaja bilan cheklanishga qaror qilishdi, biroq 1,5 oy yo‘qotilgani qoldi, xolos. Xullas, davolash kursi natija bermagach, yarim himoyachi dekabrda operasiya stoliga yotdi. Agar kutilmagan muammolar chiqmasa, Kasorlani tez orada yana maydonda ko‘rishimiz mumkin.

Qachon safga qaytadi? Taxminan iyun-iyulda

Erik Lamela («Tottenxem»; Argentina)

Jarohat o‘laroq, qancha muddat maydonga tusholmaydi? Taxminan 130 kun

Shimoliy Londonning yana bir klubi - «Tottenxem» ham xuddi «Arsenal» kabi oktyabr oyi o‘rtalaridan buyon eng o‘zgacha harakatlanadigan yarim himoyachilaridan biri xizmatidan foydalanolmayapti. Boz ustiga, Lamelaning umumiy holati xususida hali-hamon aniqlik yo‘q. Erik muammolari tananing bel qismiga bog‘liq. Aslida «taqachilar» boshida uning jarohati uncha jiddiy emasligini ma’lum qilishgandi, biroq ke-yinchalik hammasi chalkashib ketdi. Deylik, futbolchi akasining avtohalokatga uchrashidan so‘ng depressiya holatiga tushib qoldi va bu tiklanish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Qolaversa, Erik sevimli itining o‘lishidan ham rosa siqildi.

Qachon safga qaytadi? Martda

Ilkay Gyundogan («Manchester Siti»; Germaniya)

Jarohat o‘laroq, qancha muddat maydonga tusholmaydi? Taxminan 200 kun

Germaniyalik turk Xosep Gvardiola sxemasiga ayni kerak futbolchi bo‘lib chiqdi, biroq Angliyada ham uning «billur»ligi tasdiqlandi. E’tibor qarating, ushbu yarim himoyachi oxirgi 4 yil oralig‘ida maydondan ko‘ra, shifoxonada ko‘proq vaqt o‘tkazdi. Aslida Ilkay yuqori saviyaga ega. Misol uchun, o‘tgan yil oxirlarida juda ajoyib sport formasiga kirib, «Manchester Siti» yetakchilari qatoriga qo‘shilgandi. Ammo baxtga qarshi, tizzasi yana «hunar» boshladi va futbolchi yarim yildan ko‘proq muddatga chetga surildi. Xullas, Gyundogan uchun mavsum tugadi, yangi chempionat startigacha to‘laqonli tiklansa ham katta gap.

Qachon safga qaytadi? Taxminan iyul-avgustda

Garet Beyl («Real»; Uels)

Jarohat o‘laroq, qancha muddat maydonga tusholmadi? 90 kun

Garet Beyl Chempionlar Ligasi doirasida Lissabonning «Sporting» klubiga qarshi kechgan bahsda to‘pig‘idan jarohatlandi. Oqibatda «Madrid» naq 3 oy davomida yetakchi o‘yinchilaridan birisiz o‘ynadi. Beylning yo‘qligi jamoa o‘yinini biroz izdan chiqardi, shubhasiz. Nihoyat, uelslik tezkor futbolchi uchun azobli vaqt tugagan ko‘rinadi. E’tiborlisi, Beyl «Espanyol» bilan bahsda safga qaytdi va darhol gol ham urdi.

Qachon safga qaytdi? Fevral yarmida

Bril Embolo («Shalke»; Shveysariya)

Jarohat o‘laroq, qancha muddat maydonga tusholmaydi? 170 kun

«Shalke» o‘tgan yili yozda Embolo uchun «Bazel»ga naq 22,5 million yevro to‘ladi va tabiiyki, 20 yoshli iqtidorga katta umid bog‘ladi. Biroq hozircha xarajatlari huzurini ko‘rgani yo‘q. Ya’ni Bril bundesligada tuzukroq o‘ynashga ulgurmay turib, safdan chiqdi. To‘g‘ri, u Menxengladbaxning «Borussiya» jamoasiga qarshi kechgan bahsda «dubl» qayd etib, 22,5 «limon» besamar ketmasligiga ishora qilgandi. Ammo omad ortidan omadsizlik kuzatildi - to‘piq suyagi sinishi va chamasi 6 oylik «ta’til».

Qachon safga qaytdi? Taxminan martda

Gabriel Jezus («Manchester Siti»; Braziliya)

Jarohat o‘laroq, qancha muddat maydonga tusholmaydi? Taxminan 90 kun

Yosh hujumchi ishtirokida yana bir ko‘ngilsiz voqea. Gabriel Jezus «Manchester Siti» safiga qo‘shilishi hamono alohida iqtidori borligini namoyish etib, hattoki, Serxio Agueroni asosiy tarkibdan chiqarib yubordi. Yigitchani kimsan Krishtianu Ronaldoga o‘xshata boshlagan va uning APL bosh kashfiyoti bo‘lishini bashorat qilayotgandilar. Biroq «Bornmut» bilan uchrashuv braziliyalik hujumchiga ko‘ngilsizlik taqdim etdi - suyak sinishi va operasion aralashuv. Endi Gabriel joriy mavsum boshqa o‘ynamasa kerak.

Qachon safga qaytdi? Taxminan may oxirida.

Aytgancha...

Jarohatdan endigina qutulgan Garet Beyl zamonamizning eng tezkor futbolchi sifatida e’tirof etildi. Meksikaning «Pachuka» nashri ijodkorlari futbolchilarning tezlik sur’atini alohida kuzatib, yakunda yaxlit reyting tuzishdi. Uning kuchli 10taligida Beyldan tashqari, Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga ham joy tegdi.

10-o‘rin. Ueyn Runi («MYU», Angliya) - soatiga 31,2 km.

9-o‘rin. Lionel Messi («Barselona», Argentina) - soatiga 32,5 km.

8-o‘rin. Teo Uolkott («Arsenal», Angliya) - soatiga 32,7 km.

7-o‘rin. Krishtianu Ronaldu («Real», Portugaliya) - soatiga 33,6 km.

6-o‘rin. Aaron Lennon («Everton», Angliya) - soatiga 33,8 km.

5-o‘rin. Pyer-Emerik Obameyang («Borussiya» D., Gabon) - soatiga 34,6 km.

4-o‘rin. Antonio Valensiya («MYU», Ekvador) - soatiga 35,1 km.

3-o‘rin. Yurgen Damm («Tigres», Meksika) - 35,2 km.

2-o‘rin. Orlando Berrio («Flamengo», Braziliya) - 36,0 km.

1-o‘rin. Garet Beyl («Real», Uels) - 36,9 km.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:18, 07.03.2017.
O'qildi: 7704 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.