Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Aleksandr Volkov: «Mavsumoldi yig‘inidayoq «Dinamo»dan xavfsiragandim»

Aleksandr Volkov: «Mavsumoldi yig‘inidayoq «Dinamo»dan xavfsiragandim»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Sho‘rtan» (3:0) uchrashuvidan so‘ng, dastlab mehmonlar ustozi Aleksandr Volkov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Avvalo, Samarqand ahlini yangi mavsum bilan tabriklayman, «Dinamo» jamoasini esa futbol bayramidagi haqli g‘alaba bilan qutlayman. Samarqandda bizni juda og‘ir o‘yin kutayotganligini bilardik va shunga yarasha puxta tayyorgarlik ko‘rdik. Biroq, ming afsuski bugun maydonda hech narsa qila olmadik. Raqib bizni har tomonlama mag‘lub etdi. Yirik hisobli mag‘lubiyat uchun hech kimni ayblamayman, javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman. Qayerdadir xato qilgandirman, balki futbolchilarni o‘yinga to‘g‘ri tayyorlay olmagandirman. O‘yinni to‘liq tahlil etib, xatolar ustida ishlaymiz.

- «Sho‘rtan» - «Neftchi» (1:0) o‘yinidan keyin «Dinamo»ning Bekoboddagi g‘alabasini kutilmagan deya aytgandingiz. Bugun ham shu fikrdamisiz?

- Yo‘q, o‘shanda men «Dinamo»ning natijasi ko‘pchilik uchun sensasiya bo‘lishi mumkin, ammo men uchun kutilmagan emas, degandim. Chunki men mavsum oldidan «Dinamo»ning Toshkentdagi yig‘inini kuzatgandim. «Dinamo» tarkib yig‘ish va bir qator masalalarda muammoga duch kelgan bo‘lsada, nazorat o‘yinlarida mag‘lubiyatlarga uchragan bo‘lsada, jamoaning tarkibi to‘liq yoshlardan iborat ekanligi va ularning ko‘zi qay daraja yonayotganligidan hayratlangandim va xavfsiragandim. Ishtiyoq juda kuchli ularda. O‘shandayoq bu jamoa chempionatda ko‘pchilikni «qiynashi»ni kutgandim. «Metallurg»ni mag‘lub etganda mezbonlar ularning kuchiga to‘g‘ri baho berishmagan bo‘lsa, bugun biz ham shunday holatga tushdik deb o‘ylayman.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:15, 09.03.2017.
O'qildi: 6779 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик