"Tottenxem" yarim himoyachisi Dele Alli Ginnesning rekordlar kitobiga kirish uchun o‘tkazilgan kichik musobaqada ishtirok etdi.
Mashq davomida futbolchi oyog‘ini ma’lum masofada ochib turgan futbolchining oyoqlari orasidan to‘pni 30 soniya ichida 8 marta o‘tkazishi kerak edi.
20 yoshli Dele Alli birinchi urinishda emas, ikkinchi urinishda bu ishni uddaladi va Ginnes rekordlar kitobi vakillaridan sovrinni qo‘lga kiritdi.