"Atletiko" posboni Yan Oblak UYEFA tomonidan YECHL nimchorak finalida "Bayer"ga qarshi javob uchrashuvining (0:0) eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Sloveniyalik darvozabon uchrashuvda bir necha marta jamoasi joniga oro kirdi. Shu sabab "matraschilar" o‘z darvozasini dahlsiz saqladilar va 0:0 hisobida durangga erishib, chorak finalga yo‘l oldilar (birinchi o‘yin 4:2).
Madridliklar qatorasiga to‘rtinchi marta YECHL chorak finaliga yo‘l olmoqdalar.