Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Yoshlar ligasi. «Qo‘qon-1912» «Qizilqum»ni mag‘lub etdi

Yoshlar ligasi. «Qo‘qon-1912» «Qizilqum»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Yoshlar ligasining 3-turi doirasida «Qo‘qon-1912» «Qizilqum»ni qabul qildi.

O‘yin qo‘qonliklar uchun omadli boshlandi. 5-daqiqada mehmonlar darvozabonining xatosidan keyin Abror Rahmonov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

10-daqiqada Dilshod Baratov raqib darvozasini ishg‘ol etgandi. Ammo hakamlar futbolchini o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi deb topishdi.

23-daqiqada qo‘qonliklar ikkinchi golni urishi mumkin edi. Ammo so‘nggi pallada darvozabon Nikita Shkvirin mahorat ko‘rsatdi.

26-daqiqada Oybek Rustamovning o‘ta kuchli zarbasini mehmonlar posboni qayinchilik bilan qaytarib qoldi.

Birinchi bo‘lim 1:0 hisobida intiho topdi.

Ikkinchi taymni mehmonlar biroz faol tarzda boshlashdi. Navoiyliklar taym boshida katta kuch bilan hujumga tashlanishdi. Ammo har safar ularga omad yetishmadi.

62-daqiqada Baxtiyor Abdubannonov jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi. To‘p biroz noaniq ko‘rinish oldi. 65-daqiqada Abdubannonov niyatiga yetdi. 8-raqamli futbolchi mehmonlar darvozasini aniq nishonga olib hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

73-daqiqa qo‘qonliklar ajoyib kombinasiya tashkil etishdi. Biroq so‘nggi pallada Abror Rahmonovga aniqlik yetishmadi. Uning zarbasini “Qizilqum” posboni ushlab oldi.

Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa ketma-ket hujumlar tashkil etganiga qaramay, uchrashuv yakuniga qadar 2:0 hisobi o‘zgarishsiz qoldi. Natijada qo‘qonliklar mavsumdagi ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

3-turdan keyin Muhsin Nizomiddinov shogirdlarining ochkolari soni yettitaga yetdi.

Yoshlar ligasi
3-tur
“Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” – 2:0 (1:0)
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Ravshan Kopadze, Qahramon Sobirov, Sanjar Rahmonov.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev.
Gollar: Abror Rahmonov-5, Baxtiyor Abdubannonov-65.
“Qo‘qon-1912”: 30. Islom Abdullayev, 7. Oybek Rustamov, 8. Baxtiyor Abdubannonov (17. Ibrohim Usmonov-83), 10. Abror Rahmonov (26. Ramzbek Isaqov-84), 15. Ma’ruf Zokirjonov, 18. Dilshod Baratov (11. Ibrohim Muxtorov-86), 22. Doston Meliqo‘ziyev (4. Ma’mur Rahimov-88), 23. Ismoil Oxunjonov, 24. Ruslan Meleziddinov (70. Mo‘min Sodiqjonov-89), 28. Avazxon Mamatxo‘jayev, 29. Iqbol Malikjonov (19. Ibrohim Ahmadjonov-85).
Zaxira: 13. Nikita Ribkin.
“Qizilqum”: 1. Nikita Shkvirin, 8. Sardor Jahonov, 9. Orzu Razzoqov, 11. Bobur Mamirov (75. Esojon Fozilov-68), 17. Mustafo Rahmatov, 18. Samandar Shodmonov (14. Andrey Derkach-63), 25. Ahliddin Fayziyev, 55. Mirjalol Qosimov, 84. Viktor Grigoryev, 86. Ramis Begishev, 99. Bobur Iskandarov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 17:41, 17.03.2017.
O'qildi: 6785 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.