"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 29-turida "Atletik" bilan uchrashuvda (2:1) o‘zining almashtirilganidan norozi bo‘ldi deya xabar beradi Marca.
Madridliklar bosh murabbiyi 79-daqiqada portugaliyalik futbolchining o‘rniga Iskoni tushirdi.
Ispaniya nashrining ta’kidlashicha, Ronaldu Zidanning qaroriga tushunmagan. Maydondan chiqib ketayotib futbolchi so‘kingan va "nega men?" degan. Ammo murabbiy va futbolchi qo‘l berib qo‘yishgan.