Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

Federer yangi rekord sohibiga aylandi

Federer yangi rekord sohibiga aylandi

Baho:
+ | -

AQSHning Indiana-Uells shahrida bo‘lib o‘tgan "BNP Paribas Open - 2017" turnirining bosh sovrini shveysariyalik mashhur tennischisi Rojer Federerga nasib etdi.

Mukofot jamg‘armasi 7 913 405 AQSH dollarini tashkil etgan mazkur turnir finalida Federer o‘z hamyurti Stanislas Vavrinkani 2 setda (6:4, 7:5) mag‘lub etdi. So‘nggi setda Federer 5ta breyk poyntning 3tasidan unumli foydalanib, o‘z faoliyatida beshinchi marotaba ushbu turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Bu bilan Rojer Federer "Masters" turkumidagi turnirda g‘olib chiqqan yoshi eng katta tennischi bo‘ldi. U sovrinni qo‘lga kiritgan paytda 35 yoshu yetti oylik edi. Bu sovrin Federer uchun faoliyatidagi to‘qsoninchisi bo‘ldi.

Avvalgi rekord amerikalik Andre Agassiga tegishli bo‘lib, u 2004 yili "Masters" turkumiga kiruvchi Sinsinnatidagi turnirni 34 yoshu uch oyligida yutgan edi.

Federer mazkur g‘alaba evaziga 1000ta reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi va ATP reyting jadvalida 6-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 21:04, 20.03.2017.
O'qildi: 9075 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.