Kirish Ro'yxatdan o'tish

Serxio Ramos hozirdanoq “Real” afsonasiga aylanganmi?

Serxio Ramos hozirdanoq “Real” afsonasiga aylanganmi?

Baho:
+ | -

Serxio Ramos bu mavsumda jamoasi tarkibida yangi marraga chiqdi. Hozirdanoq uni klub “afsona”si deya olamizmi?

Ispaniya matbuoti biroz vaqt muqaddam himoyachini super-qahramon obrazida gavdalantirgandi. 2014-yilgi Chempionlar Ligasidan keyin kiritgan 21 golidan 18 tasi “Real” yutqazayotgan yoki durang bo‘lib turgan paytda kiritgan. Qisqa qilib aytganda, klubning ishlari o‘xshamay turgan mahalda Serxio Ramos jamoasi joniga oro kirgan.

Uning “Napoli”ga darvozasiga kiritgan dubli, “Betis”ga qarshi bellashuvdagi qahramonlik uning xaloskor ekanini tasdiqlamoqda. Krishtianu Ronalduning o‘yinidagi pasayish Ramosning porlashiga sabab bo‘ldi. Agar shunday bo‘lsa, u hozirdanoq “qaymoqranglilar” afsonasiga aylandimi, degan savolni berish o‘rinli bo‘lsa kerak. Zero, barcha faktlar bunga ishora qilmoqda.

Ramosning ko‘rsatayotgan o‘yinlari Fernando Yerroni eslatib yubormoqda. “Temir odam” birinchi “Galaktika” davrida himoya qo‘rg‘onini astoydil himoya qilganlardan biri edi. Uning Ivan Elgera bilan tashkil etgan juftligi (shuningdek, qanot himoyachilari, o‘ngda Salgado, chapda Roberto Karlos) klub tarixidan o‘rin olgan. Aynan Yerroning 2003-yilda bosh murabbiy bilan jamoadan ketishi “Galaktika 1.0” davrining yakunini boshlab bergan edi. Hozirda Ramos uning vorisi sifatida.

“Havodagi kurashlarda unday harakat qiladigan futbolchini ko‘rmaganman. Men ham yaxshi edim. Biroq, Ramosdek emas. Unday futbolchini eslolmayman. Balki, Passarellani ayta olarman. Ramos juda kuchli.” Ramos haqidagi bunday maqtovlarni aynan Fernando Yerro aytib o‘tdi. Elgera esa uni himoyalanuvchi hujumchiga o‘xshatdi.

Ushbu mavsumni bir tekis o‘tkaza olmayotgan “Real” hamisha o‘z sardoriga suyanishi mumkin. Aynan Ramos ko‘p vaziyatlarda jamoasini g‘alabaga yetaklab bordi. Ramos ham maydonda, ham uning tashqarisida o‘z so‘ziga ega hisoblanadi. Yaqinda himoyachi barchani yugurishi lozimligini aytib o‘tdi. “Eybar”ga qarshi bahsdan keyin hujum chizig‘ida raqobatning kerak ekanligi haqida gapirib berdi. Qisqa qilib, Ramos sardor sifatida barchani olg‘a undamoqda.

Ramos bundan tashqari ko‘plab gollar urmoqda. Gollari esa aynan muhim va qiyin bellashuvlarda urilmoqda. “El clasico”dagi gol buni tasdiqlashi mumkin. Bu mavsumda Ramos jamoasiga 9 ochko taqdim etdi. Bu bilan uning jasorati tugab qolmaydi. 2014 yili Chempionlar Ligasi finalida qo‘shimcha daqiqalarda “Atletiko”ga urilgan gol ko‘pchilikning esidan chiqqani yo‘q. Yarim final doirasida “Bavariya” darvozasiga urilgan dubl esa jamoasi uchun final eshiklarini ochib bergan edi. Kelajakda “Real” muxlislari qalbida Ramosni quyidagicha eslashlari aniq : hujumchi-himoyachi, qahramon, sovuqqon, dramatik.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 10:41, 22.03.2017.
O'qildi: 9353 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.