Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Messi va Ronalduning eng yaxshi assistentlari kimlar?

Messi va Ronalduning eng yaxshi assistentlari kimlar?

Baho:
+ | -

Goal nashri Opta bilan birgalikda, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldularning La Liga doirasida eng ko‘p assistentlik qiluvchi jamoadoshlari ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bunda ularning mos ravishda “Barselona” va “Real”dagi debyutlaridan hozirgacha bo‘lgan davr hisobga olingan.

Hujumchi unga samarali to‘p uzatadigan jamoadoshlarisiz hech kim. So‘nggi “Oltin to‘p”lar sohiblari ham bundan mustasno emas. Klubda yoki terma jamoada bo‘lsin, jamoadoshlarining ajoyib mehnati evaziga bu ikki yulduz futbolchi bir necha yillardan buyon to‘purarlik poygasini uyushtirishmoqda. Bu ikki futbolchi hozirgi klublarida debyut qilganidan beri qaysi jamoadoshlari bu ikki yulduz futbolchiga eng ko‘p golli uzatmani amalga oshirgan?

Krishtianu Ronaldudan boshlasak. 2009-yilda Ronaldu bilan bir vaqtda “Real”ga kelib qo‘shilgan Benzema 37 golli uzatma bilan ro‘yxatni boshqarib bormoqda. “Lion”ning sobiq a’zosi nafaqat hujumchi vazifasini, balki Ronalduni ham golli uzatmalari bilan ta’minlab kelmoqda. Ikkinchi o‘rinda “Real”ning sobiq a’zosi Mesut O‘zil 27 golli uzatma bilan bormoqda. Kuchli uchlikni BBC vakili Garet Beyl 24 golli uzatma bilan yakunlab beradi. 4-o‘rinda “Real”ning yana bir sobiq vakili Anxel Di Mariya (22 golli uzatma) bormoqda. Marselo esa 17 golli uzatma amalga oshirgan va mos ravishda 5-o‘rinda. Hujumkor himoyachilardan biri hisoblanadigan Marselo tez-tez o‘z qanotidan hujumga qo‘shilishi jamoasining foydasiga ishlamoqda.

Lionel Messining eng yaxshi assistentlari ko‘pchilik kutganiday MSN uchligi a’zolari emas. Ular hatto kuchli uchlikka ham kirisholmagan. Ro‘yxatni hozirda “Yuventus” safida harakat qiladigan Dani Alvesh 42 golli uzatma bilan boshqarib bormoqda. “Barselona”ning so‘nggi “Oltin avlod” vakillaridan biri Andres Inesta (34) esa 2-o‘rinda. Sobiq “maestro” Xavining 31 uzatmasini argentinalik futbolchi golga aylantira olgan. “Barselona” tarbiyalanuvchisi, hozirda “Chelsi”da binoyidek o‘yin namoyish etayotgan Pedro 25 golli uzatmani amalga oshirgan. “Barselona”ga qo‘shilganiga hali 3 yil ham bo‘lmagan Luis Suares hozirgacha Messiga 23 golli uzatmani amalga oshirgan. Beshlikni esa MSN ning so‘nggi vakili Neymar (21) yakunlab beradi.

Ro‘yxatga nazar tashlanganda Messi va Ronalduning assistentlari asosan hujumchilar va yarim himoyachilardan iborat. Biroq, shunday himoyachilar borki ular boshqa amplua vakillaridan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega. Ronaldu “Real”da faoliyatini boshlaganidan beri Ramos unga 10 marotaba golli uzatma yetkazib bergan. Bu ko‘rsatkich Toni Kroos (7) va Luka Modrich (7) nikidan ham ko‘p. Bu holat Messida ham o‘xshash. 2010-2016-yillarda “Barselona”da o‘ynagan braziliyalik himoyachi Adriano Korreya 9 bor samarali to‘p amalga oshirgan. Bu esa Buskets (8) va Rakitichlarning (7) ko‘rsatkichidan ortiq.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 20:54, 29.03.2017.
O'qildi: 21274 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик