Madeyra aeroportiga o‘rnatilgan Krishtianu Ronaldu byustining muallifi Manuel Santush o‘z ishi haqida so‘zladi.
Futbolchining byusti ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab hazillarga sabab bo‘ldi
"Hatto Iso ham hammaga yoqmagan. Bu yerda did muhim,bu oson ko‘rinadigan bo‘lsa ham oddiy ish emas. Men Internatdan Ronalduning fotosuratlarini izladim va ularni oldimga qo‘yib ish boshladim. Krishtianu o‘zining byustini ko‘rgan, unga ukasi yuborgan edi. Men uning ukasi bilan Madeyradagi Ronaldu muzeyida birga bo‘ldim va Ronalduning SMSlaridan uning mamnun bo‘lganini bildim", - deydi haykaltarosh.