Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Oliy liga. «Qo‘qon-1912» Farg‘onada uch ochko bilan qaytmoqda

Oliy liga. «Qo‘qon-1912» Farg‘onada uch ochko bilan qaytmoqda

Baho:
+ | -

Oliy liganing 4-turida «Neftchi» - «Qo‘qon-1912» o‘yini o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv keskin va qiziqarli kurashlarga boy tarzda o‘tmoqda. Aniqrog‘i, derbilarga xos o‘yin guvohiga aylanishmoqda muxlislarimiz. Bu safargi qarama-qarshilik ham oldingisidan farq qilgani yo‘q. Har ikki jamoa o‘yin boshidan bugun maydonga faqat g‘alaba uchun maydonga tushganini isbotladi.

3-daqiqada qo‘qonliklar raqib darvozasi tomon birinchi zarbani berishdi. Suhrob Berdiyevning zarbasiga aniqlik yetishmadi.
19-daqiqada hisob ochildi. Qanotdan Suhrob Berdiyev tomonidan oshirilgan to‘pni Filip Rayevas boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi.
36-daqiqa mezbonlar ijrosidagi xavfli vaziyat gol bilan yakunlanishiga bir bahya qoldi. Burchakdan oshirilgan to‘pni Sherzod Hakimov boshi bilan darvoza tomon yo‘lladi. To‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida mezbonlar hisobni tenglashtirishgandi. Biroq Sherzod Hakimov o‘yindan tashqari holatda qolib ketgani bois, gol inobatga olinmadi.
Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi.
Ikkinchi bo‘limni vakillarimiz faol tarzda boshlashdi.
Keyin esa ustunlik maydon egalari tomoniga o‘tdi. 63-daqiqa mezbonlarning uzoq davom etgan hujumini Sherzod Hakimov gol bilan yakunladi.
66-daqiqa Pavlenkoning zarbasini Ashurov qaytardi. Oradan bir daqiqa o‘tib Jalil Kimsanov qo‘qonliklarni muqarrar goldan saqlab qoldi.
78-daqiqada Akramov-Rayevas kombinasiyasidan keyin Nosir Otaqo‘ziyev maydon egalri darvozasiga ikkinchi to‘pni kiritdi.
82-daqiqada maydon egalari bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Dilyor Ermatov hakam tomonidan ikkinchi marta ogohlantirilib, maydondan chetlatildi.
Qolgan daqiqalarda qo‘qonliklarga omad biroz yetishmadi. Ikki marta mezbonlarni darvoza to‘sini qutqardi.
Shu tariqa jamoamiz viloyat derbisida g‘alaba qozonib, ochkolari sonini yettiga yetkazib olishdi.

Oliy liga, 4-tur
“Neftchi” – “Qo‘qon-1912” – 1:2 (0:1)
Gollar: Sherzod Hakimov 63 - Filip Rayevas 19, Nosir Otaqo‘ziyev 78.
Hakamlar: Baxtiyor Namozov (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po‘latov (Toshkent), Asker Najafaliyev (Toshkent)
Nazoratchi: Sayfitdin Ermatov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: Grigoriy Rtveladze.
“Neftchi”: 1. O‘tkir Yusupov, 2. Sergey Konsevoy, 8. Umid Qodirov, 9. Sherzod Hakimov, 11. Abbos Maxsitaliyev, 14. Terentiy Lusevich, 15. Husniddin G‘ofurov (26. Otabek Isroilov-58), 18. Javohir Rasulov (7. Akram Bahriddinov-46), 20. Dilyor Ermatov, 27. Nikita Pavlenko (30. Said Abdujabborov-77), 55. Dmitriy Komarovskiy.
Zaxira: 25. Ruslan Matniyazov, 5. Hamza Karimov, 6. Baxtiyor Yoqubov, 10. Mo‘ydin Mamazulumov.
“Qo‘qon-1912”: 12. Aziz Ashurov, 4. Bahodir Akramov, 5. Jalil Kimsanov, 10. Javohir Sidiqov (9. Nosir Otaqo‘ziyev-76), 11. Andrey Sidorov (97. Oybek Rustamov-52), 19. Suhrob Berdiyev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 24. Ibrohim Rahimov (7. Jamshid Hasanov-60), 26. Akmal Xolmurodov, 77. Murod Xolmuhammedov, 99. Filip Rayevas.
Zaxira: 21. Muzaffar Abdullayev, 8. Sobir Hamidov, 85. Ruslan Melziddinov, 96. Muhammadanas Hasanov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 19:01, 31.03.2017.
O'qildi: 7156 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик