Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ilhom Mo‘minjonov: «Dinamo»ning ikki futbolchisiga o‘yin bermay, g‘alabaga erishdik»

Ilhom Mo‘minjonov: «Dinamo»ning ikki futbolchisiga o‘yin bermay, g‘alabaga erishdik»

Baho:
+ | -

«Dinamo» - «Navbahor» (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Biz bir hafta mobaynida «Dinamo» jamoasining uchta uchrashuvini o‘rganib chiqqandik. Samarqand jamoasi kuchli pressing va tezkor hujumlar orqali o‘yin namoyish etishini bilardik. Shu bois shu kuni jamoaning yetakchilari qatorida Javohir Qahramonov va Sardor Sulaymonovlarga o‘yin bermasligimiz lozim edi. Yigitlar buni uddalashdi, himoyada ham mustahkam to‘p surib, Xudoga shukur g‘alaba bilan qaytayapmiz.

- Demak, o‘yinda avval ushbu ikki futbolchini «yopish» uchun alohida ko‘rsatma bergansiz?

- Xuddi shunday, hattoki kechagi mashg‘ulotlarda ham yigitlarga avvalo mana shu ikki futbolchiga o‘yin bermaslikni uqtirgandim. Shu bois Qahramonov va Sulaymonovni o‘yin bermay, himoyada yaxshi o‘ynay oldik.

- Ilhom aka, Oybek Qilichev qizil kartochka olgan vaziyatda nega futbolchiga emas, hakamga e’tiroz bildirdingiz?

- Oybek Qilichev qizil kartochka olgan vaziyatda futbolchini zaxiraga olgandim va bor e’tiborim maydonda edi. Zaxira hakamidan nima uchun deb so‘rganimda, indamadi. Bosh hakam esa u muxlislarni qo‘l ishorasi bilan so‘kkanligini aytdi. Chindan ham bu vaziyatda Qilichevni oqlay olmayman, u juda noto‘g‘ri ish qildi va chetlatishga munosib edi. Biz ham Oybek Qilichevni bu ishi uchun jazolaymiz.

- Mansur Saidovning yo‘qligi bugun sezildimi?

- Chindan ham sezildi. Men Mansur Saidovni Oliy Liganing eng kuchli besh yarimhimoyachilaridan biri deb hisoblayman. Uchta o‘yinda o‘ynamaydi, bugun bittasini o‘tkazdi, ikkita o‘yindan keyin yana safga qaytadi. Bugun uning o‘rnida Oybek Qilichev to‘p surib, vazifasini to‘g‘ri bajardi.

- Bugun Namangan jamoasining o‘yinni haddan ortiq cho‘zib yuborgani muxlislarning haqli e’tiroziga sabab bo‘ldi. Bu borada jamoangiz bilan tushuntirish ishlari olib borishingiz kerakdir, balki?

- Bilasizmi, so‘nggi ikkita o‘yinda yaxshi o‘yin namoyish etib, bor yo‘g‘i bir ochko jamg‘argan edik. Shu bois bugun har qanday holatda ham faqat g‘alabani ko‘zlagandik. To‘g‘ri futbolchilar g‘alabani qo‘lga kiritish uchun muxlislarga yoqmaydigan holat qilishgandir, ammo eng asosiysi ayni damda tablodagi hisob.

«Dinamo» jamoasiga omad tilab qolaman. Samarqandda ajoyib jamoa shakllanmoqda. Jamoa 90 daqiqa «Metallurg», «Sho‘rtan» va «Paxtakor»ga qarshi tinim bilmadi va g‘alabaga erishgandi. Bugun 15 ming muxlisi qarshisida yomon o‘ynamadi, ammo omad biz tomonda bo‘ldi. Mana shunday futbol atmosferasida to‘p surish har bir jamoaga zavq bag‘ishlaydi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 18:28, 01.04.2017.
O'qildi: 7208 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.