Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 20:00 Fransiya 7-3 Venesuela
19/09 21:45 Feyenoord 0-4 Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda 1-2 Benfika
19/09 22:00 Leganes 0-2 Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako 2-1 Barselona
19/09 23:59 Atalanta 0-0 Arsenal
19/09 23:59 Atletiko 2-1 RB Leypsig
19/09 23:59 Brest 2-1 Shturm
20/09 17:00 Lokomotiv 0-1 Navbahor
20/09 17:30 Tailand 1-9 Braziliya
20/09 17:30 Kuba 0-7 Xorvatiya
20/09 19:15 So‘g‘diyona 1-1 Andijon
20/09 20:00 Kosta-Rika 5-3 O‘zbekiston
20/09 20:00 Niderlandiya 5-2 Paragvay
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya
21/09 16:30 Vest Xem - Chelsi
21/09 17:00 Valyadolid - Real Sosyedad
21/09 18:00 Venetsiya - Jenoa
21/09 19:00 Aston Villa - Vulverhempton
21/09 19:00 Fulhem - Nyukasl
21/09 19:00 Lester - Everton
21/09 19:00 Tottenhem - Brentford
21/09 19:00 Liverpul - Bornmut
21/09 19:00 Sautgempton - Ipsvich
21/09 19:15 Osasuna - Las-Palmas
21/09 21:00 Yuventus - Napoli
21/09 21:30 Kristal Pelas - Man. Yunayted
21/09 21:30 Valensiya - Jirona
21/09 23:45 Lechche - Parma
22/09 00:00 Real Madrid - Espanyol

"Real"tomonidan «o‘g‘irlangan» futbolchilar ramziy terma jamoasi

"Real"tomonidan «o‘g‘irlangan» futbolchilar ramziy terma jamoasi

Baho:
+ | -

Grand klublarning o‘ziga xos qoidalaridan biri - bu chempionatdagi boshqa klublarni muntazam ravishda kuchsizlantirib borish. Ayniqsa, raqobatchi jamoalar tarkibini «talon-taroj» qilish odat tusiga kirgan. Germaniyada «Bavariya», Italiyada esa «Yuventus» bu ishni qoyillatsa, Ispaniyada «Real» alohida o‘rin tutadi. Chunonchi, boshqa jamoalar safida porlagan aksariyat yigitlar «Qirollik klubi» a’zosiga aylanishni istashadi. Madridliklar shu moyillik evaziga primeroda ko‘zga tashlangan istiqbolli futbolchilarni «o‘g‘irlash»da katta muammo sezishmaydi. Mana, quyida «Real» tomonidan oxirgi 20-21 yil ichida «o‘g‘irlangan» o‘yinchilar ramziy termasi jamlangan. U bilan tanishib, «Madrid» siyosatiga qoyil qolishingiz mumkin.

Darvozabon. Keylor NAVAS. 2014 yili «Levanta»dan 10 million yevroga sotib olindi. «Qurbaqalar» Kosta-rikalik kiper uchun 2 yil oldin atigi 150 ming yevro to‘lashgandi.

Himoyachi. Michel SALGADO. 1999 yili «Selta»dan 6 million yevroga sotib olindi. Michel shu tariqa «Qirollik klubi»da 10 yil to‘p surib, «Santyago Bernabeu» afsonalari qatoriga qo‘shildi.

Himoyachi. Raul ALBIOL. 2009 yili «Valensiya»dan 15 million yevroga sotib olindi. Don Florentino Peresning bitta ishorasiyoq Raul Albiolning «Real» libosini kiyishini ta’minlagandi. To‘g‘ri, u birinchi mavsumdagina asosiy tarkibning «temir» futbolchisi bo‘ldi, Joze Mourinyo davrida esa chetga surildi.

Himoyachi. Serxio RAMOS. 2005 yili «Sevilya»dan 27 million yevroga sotib olindi. Andalusiyaning Kamas shahrida tug‘ilgan Ramos «Madrid» taklifini qabul qilganida hali 20 yoshga ham to‘lgan emasdi. Uning ortda qolgan 12 yilda 27 «limon»ni necha martalab oqlaganiga shubha yo‘q.

Himoyachi. Ivan ELGERA. 1999 yili «Espanyol»dan 2,5 million yevroga sotib olindi. «Real»ning yangi tarixida amalga oshirilgan eng omadli xaridlardan biri. Axir atigi 2,5 «limon»ga tushgan kantabriyalik «ovchi» keyinchalik superklub tarkibida 300 martadan ko‘p maydonga tushib, uning yuragiga aylandi.

Yarim himoyachi. Klod MAKELELE. 2000 yili «Selta»dan 14 million yevroga sotib olindi. Hozirgacha «Real»ning Klod bilan xayrlashgani ahmoqlik sifatida tilga olinadi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, «Selta»dan ajoyib iqtidor «o‘g‘irlangan» edi. Undan yetarlicha samara ko‘rishmagani esa boshqa masala.

Yarim himoyachi. Luish FIGU. 2000 yili «Barselona»dan 60 million yevroga sotib olindi. «Asr o‘g‘irligi»! Figuning «Real» safiga qo‘shilishi olamshumul voqeaga aylangani ayni haqiqat. Axir «Madrid» azaliy raqibi - «Barselona»ning eng yaxshi futbolchisi va sardorini yo‘ldan urgandi. Ichki arenada «o‘g‘irlangan» qimmatbaho dur...

Yarim himoyachi. ISKO. 2013 yili «Malaga»dan 30 million yevroga sotib olindi. Manuel Pellegrini «Manchester Siti»da ish boshlagach, Iskoni o‘z yoniga chorladi, ammo «Real» va Zayniddin Zidan tomonidan tushgan taklif yaxshiroq ko‘rindi. To‘g‘ri, yarim himoyachi hali kutilgan darajada naf berganicha yo‘q.

Yarim himoyachi. Santyago SOLARI. 2000 yili «Atletiko»dan 3,5 million yevroga sotib olindi. «Madrid» o‘sha vaqt primerodagi deyarli barcha qo‘shnilari «hovli»siga ko‘z olaytirgandi. «Matraschilar» yo‘l-yo‘l libosini «Real»nikiga almashtirgan Santyagoning «Santyago Bernabeu»da 5 yil samarali xizmat qilgani bu «o‘g‘ir»lik ham besamar ketmaganidan dalolat.

Hujumchi. Fernando MORYENTES. 1997 yili «Saragosa»dan sotib olindi. Moryentes transferi qanchaga tushgani noaniqligicha qoldi. Muhimi shuki, bu xarid to‘liq oqlandi. Axir Fernando butun «Madrid» jamoatchiligi yoqimtoyiga aylandi.

Hujumchi. Davor SHUKER. 1996 yili «Sevilya»dan 11 million yevroga sotib olindi. «Real» 21 yil avval ichki bozorda 2ta jiddiy kelishuvni rasmiylashtirgandi: «Valensiya»dan Predrag Miyatovich va «Sevilya»dan Davor Shuker xarid qilindi. Xorvat hujumchisi «Madrid»da 3 mavsum to‘p surib, 1998 yili CHL kubogini qo‘lga kiritilishiga katta ulush qo‘shdi.

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 09:36, 02.04.2017.
O'qildi: 17675 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.