Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

«G‘allakor-Barsa»ning ikki futbolchisi avtohalokatga uchradi: biri komada, ikkinchisi vafot etdi

«G‘allakor-Barsa»ning ikki futbolchisi avtohalokatga uchradi: biri komada, ikkinchisi vafot etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Birinchi ligasida ishtirok etayotgan «G‘allakor-Barsa» klubining ikki futbolchisi avtohalokatga uchradi. Bu haqda «Dinamo» klubi matbuot kotibi Usmon Ibodov Twitter sahifasida ma’lum qildi va futbolchilarni duo qilishni so‘radi.

Farg‘onaning «Istiqlol» klubi 2-tur doirasida G‘allaorolga safar uyushtirib, «G‘allakor-Barsa» ustidan 1:0 hisobida zafar quchgandi. O‘yindan keyin samarqandlik ikki futbolchi — Nurbek Safarov hamda Tehron o‘z shahriga avtomashinada yo‘lga chiqqan. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashinada jami 4 kishi bo‘lgan.

Samarqand yo‘lida futbolchilar joy olgan mashina yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Tehron ismli futbolchi voqea joyida olamdan o‘tgan. Nurbek Safarov esa ayni damda koma holatida. Qolgan ikki yo‘lovchi haqida ma’lumot berilmagan.

Mazkur ikki futbolchi o‘tgan mavsumni Samarqandning «Sherdor» jamoasi safida o‘tkazgan. Bu mavsum klub Birinchi ligada ishtirok etmayotgani uchun ularning xizmatidan «G‘allakor-Barsa» foydalanib kelayotgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:11, 05.04.2017.
O'qildi: 20697 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.