Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor - Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Intervyu. Zidan: «Biz uchun har bir keyingi o‘yin - eng muhim bo‘lib boraveradi»

Intervyu. Zidan: «Biz uchun har bir keyingi o‘yin - eng muhim bo‘lib boraveradi»

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan “Leganes” – “Real Madrid” jamoalari uchrashuvidan avval “qirollik klubi” bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Zidan bo‘lajak o‘yindan avval jamoaning so‘nggi turlarga tayyorgarligi, Rafael Varanning jarohati va Dani Karvaxal hamda Krishtianu Ronalduning sariq kartochkalari haqida savollarga javob berdi.

“Real”ning Teoga qiziqishi haqida

“Teo – yaxshi futbolchi va bunga shubha yo‘q. Bu haqida boshqa narsa demayman. Men o‘z futbolchilarim bilan mashg‘ulman, qolganlar haqida biror narsa deya olmayman”.

Uchrashuvning muhimligi haqida

”Mazkur bahs ham keyingilari ham biz uchun muhim. Biz uchun har bir keyingi o‘yin – eng muhim bo‘lib boraveradi. Lekin bu bahs biz uchun oson o‘tmasligi aniq. Futbolda oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Bu juda og‘ir maydon va unda jamoa so‘nggi paytlarda yaxshi natijalar qayd etib kelmoqda”.

Garet Beyl haqida

“U bilan hammasi joyida, u qolganlar kabi o‘z holatidan xursand. Biz mavsumning eng muhim qismiga yetib keldik, ko‘ramiz barchasi qanday yakun topar ekan. Jaroxatlar borasida hammasi yaxshi faqat Varanni hisobga olmaganda”.

Bartomeu va Pike haqida

“Meni bu narsa qiziqtirmaydi. Men bo‘lajak o‘yin haqida o‘ylamoqdaman. Qolganlari tarixda qolib bo‘lgan”.

Varanning jarohati haqida

“MRT xulosalari jaroxat jiddiy emasligini ko‘rsatdi. Eng muhimi bu avvalgichalik og‘ir jarohat emas. Hozircha u qancha muddat bizga yordam bera olmaligini bilmayman”.

Iskoning barqaror o‘yini haqida

“U “Madrid” futbolchisi hisoblanadi va o‘z ishini ajoyib tarzda uddalab kelmoqda. Isko o‘z holatidan mamnun. Men nima haqida aytayotganimni tushindingiz deb o‘ylayman. U jamoaning muhim futbolchilaridan hisoblanadi va shunday bo‘lib qoladi”.

Karvaxal va Ronaldu haqida

“Umid qilamanki ular mavsum oxiriga qadar birorta ham sariq kartochka ishlab olishmaydi. Biz shunga ishonamiz. Ertaga o‘yinda kim haqligini ko‘ramiz. Jamoada hamma ertangi o‘yinga tayyor faqat Varandan tashqari”.

Xames haqida

“Men uni keyingi mavsumda ham “Real”da ko‘rishni istayman”

Krishtianuni rotasiyasi haqida

“Fikrimcha, u bilan hammasi joyida. U mavsum finaliga yaxshi sport formasida yetib kelmoqda. Balki o‘z faoliyatidagi eng zo‘r holatda emasdir lekin o‘sha yillar ham o‘z so‘zini aytmoqda. Oldinda bizni ko‘plab o‘yinlar kutmoqda va biz futbolchilarga diqqatliroq bo‘lishimiz kerak”.

Keylor Navas haqida

“Uni maydonga tushish tushmasligni ertaga o‘ylab ko‘ramiz. Keylor “Madrid”da birinchi raqamli darvozabon. U maydonda o‘ynamasligi bu uning imkoniyatiga shubhalanayotganimdan emas. Men shunchaki Kikoga ham imkon berib ko‘rmoqchiman”.

El Klasiko haqida

“Biz nima hohlayotganimizni yaxshi bilamiz va bunga mavsum boshidan buyon harakat qilib kelmoqdamiz. Biz bor e’tiborimizni yaxshi o‘yin ko‘rsatishga va g‘alaba qozonishga qaratganmiz.

Modrich o‘yinidagi pasayish haqida

“Balki u o‘tgan o‘yinda bitta ikkita to‘pni oldirib qo‘ygandir, lekin bu bila uni yomon holatda deb bo‘lmaydi. Har bir o‘yinda a’lo bahoga o‘ynab bo‘lmaydi. Men Modrich o‘yinida qoniqmoqdaman”.

Karlo Anchelotti haqida

“U bilan bizni alohida munosabatlar bog‘lab turadi. Lekin o‘yin kuni men g‘alaba qozonmoqchiman, u ham – bu esa eng muhimi hisoblanadi”.

Eslatib o‘tamiz, "Leganes" - "Real Madrid" uchrashuvi bugun tunda, Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 18:19, 05.04.2017.
O'qildi: 7032 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.