Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

La liga. Isko so‘nggi daqiqada «Real»ga g‘alaba keltirdi

La liga. Isko so‘nggi daqiqada «Real»ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 32-turi doirasida Xixonda "Sporting" mehmoni bo‘lgan "Real", ochko yo‘qotib qo‘yishiga bir baxya qoldi. Yaxshiyam, "Qirollik klubi" baxtiga Isko bor ekan...

Zidan bu bahsda yetakchilarga dam berib, kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganlarni maydonga tushirdi. Bu esa "Madrid"ning o‘yiniga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.

Bundan tashqari, xixonliklar o‘z yaratgan vaziyatlardan o‘ta samarali foydalanishdi. Bahsning 14-daqiqasida Vesga parashyut uslubida "Real" jarima maydonchasiga uzatma berdi va Duye Chop birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi.

Oradan 3 daqiqa o‘tib Isko ingdividual mahorati evaziga hisobni tenglashtirdi.  "Real" yarim himoyachisi jarima maydonchasi ichida 3 futbolchini aldab, aniq zarba bilan darvozaning "to‘qqizligiga" aniq zarba berdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi. Xames jarima to‘pini o‘yinga kiritdi. Nacho darvozabon maydonchasi ichida bosh bilan zarba berdi, ammo Kuelyar ajoyib seyv orqali darvozasini goldan qutqarib qoldi. Uchrashuvning 50-daqiqasida mehmonlar yana oldinga o‘tib olishdi. Jarimadan yetkazilgan uzatmani Baben bosh bilan 11 metrli nuqta atrofiga yetkazdi. Mikel Vesga bosh bilan naq to‘qqizlikka parashyut uslubida zarba berdi. Kasilya to‘pga tashlandi, ammo yeta olmadi.

Oradan 9 daqiqa o‘tib Zidan jamoasi yana hisobni tenglashtirdi. Danilo o‘ng qanotdan havodan yetkazgan uzatmani Alvaro Morata bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Qolgan daqiqalarda to‘la ustunlik "Real" tomonida bo‘ldi, biroq xixonliklar yaxshi himoyalanishdi. 90-daqiqada Isko "Madrid"ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi. Uning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasini Kuelyar qaytara olmadi.

Shu tariqa, "Real" muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z ochkolarini 75taga yetkazib oldi.

Ispaniya chempionati, 32-tur
Sporting Xixon – Real Madrid 2:3 (1:1, 1:2)
15 aprelya, 19.15, «El Molinyon»
Gollar: 1:0 – 14 Chop, 1:1 – 17 Isko, 2:1 – 50 Mikel Vesga, 2:2 – 59 Morata, 2:3 – 90 Isko.
Sporting Xixon – Kuelyar, Amorebyeta, Kastelyano, Baben, Lopes, Mikel Vesga, Gomes (Kases, 69), Karmona, Alvares (Afif, 90), Xorxe Mere, Chop (Ndi, 79).
Real Madrid – Kasilya, Danilo, Nacho, Koentrau (Marselo, 57), Ramos, Kovachich (Kazemiro, 89), Xames, Asensio, Isko, Vaskes (Dias, 71), Morata.
Ogohlantirishlar: Alvares (34), Kastelyano (61), Lopes (79), Kases (87), Morata (89), Afif (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:06, 15.04.2017.
O'qildi: 19429 marta.
Fikrlar: 41 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.