Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

La liga. «Barsa» «el-klasiko» oldidan qiyin g‘alabaga erishdi

La liga. «Barsa» «el-klasiko» oldidan qiyin g‘alabaga erishdi

Baho:
+-1 | -

Ispaniya chempionatining 32-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Real Sosyedad"ni qabul qildi. "Kamp Nou"ga yig‘ilgan muxlislar ko‘pgina gollarga guvoh bo‘lishdi.

Uchrashuvdagi dastlabki gol 17-daqiqada Messi tomonida urildi. Lionel 20 metrlardan aniq zarba bilan to‘pni darvoza burchagiga joylab qo‘ydi. Oradan 20 daqiqa o‘tib argentinalik futbolchi o‘z hisobiga yana bitta gol yozdi. Suares birga-bir vaziyatda zarba berdi va himoyachi qaytargan to‘pni Messi bo‘sh darvozaga joylab qo‘ydi.

Shundan so‘ng tanaffusga qadar darvozalarga yana 3ta to‘p kiritildi. Dastlab Inigo Martines deyarli yakkama-yakka vaziyatda zarba berdi, to‘p Umtitiga tegib, to‘rga borib tushdi. "Barselona" tezda hisobdagi farqni yana 2taga yetkazib qo‘ydi. Messining uzatmasidan keyin Alkaser yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va undan samarali foydalandi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda basklar hujum tashkil qilib, o‘zlarinning ikkinchi gollarini urishdi. Qanotdan yetkazilgan uzatmani Priyeto darvozaga joylab qo‘ydi, 3:2.

Ikkinchi bo‘limda to‘p nazorati bo‘yicha ustunlik san-sebastyanliklar tomonida bo‘ldi. "Sosyedad" futbolchilari "Barsa" darvozasi oldida bir nechta xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Natijada "ko‘k-anorranglilar" muxlislari ikkinchi 45 daqiqalikni katta xavotir bilan kuzatishdi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Luis Suares xavotirlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin edi. Ammo urugvaylik futbolchi birga-bir vaziyatga chiqib borib, imkoniyatdan foydalana olmadi.

Shu tariqa, "Barselona" kelasi hafta bo‘ladigan "el-klasiko" oldidan "Real" bilan 3 ochkolik farqni saqlab qoldi.

Ispaniya chempionati, 32-tur
"BARSELONA" - "REAL SOSYEDAD" 3:2 (3:2)
15 aprel, 21.45, «Kamp Nou»
Gollar: 1:0 – 17 Messi, 2:0 – 37 Messi, 2:1 – 42, avtogol Umtiti, 3:1 – 44 Pako Alkaser, 3:2 – 45 Priyeto.
Barselona – ter Shtegen, Umtiti, Pike, Alba, Serji Roberto, Rakitich, Buskets, Andre Gomesh (Inyesta, 69), Pako Alkaser (Denis Suares, 79), Messi, Suares.
Real Sosyedad – Ruli, Navas, Berchiche, Saldua, Martines, Surutusa (Granero, 84), Ilyarramendi, Vela (Kanales, 62), Priyeto, Oyarsabal, Villian Joze (Bautista, 79).
Ogohlantirishlar: Vela (7), Pako Alkaser (41), Ilyarramendi (49), Suares (68), Pike (88).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:37, 16.04.2017.
O'qildi: 26319 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.