Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

Buxoroda tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda

Buxoroda tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda

Baho:
+ | -

Buxoro shahridagi “Dilkusho” kortlarida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.

Bugun sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning so‘nggi saralash bahslari o‘tkazilyapti. Kunning ikkinchi yarmida asosiy to‘rga yo‘llanma olgan barcha tennischilar nomi ma’lum bo‘ladi.

O‘n uch nafar tennischimizda ana shu yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.

Hamyurtlarimizdan Sanjar Fayziuv, Temur Ismoilov, Sergey Fomin, Azizbek Luqmonov, Pavel Soy va Saidalo Saidkarimov saralash o‘yinlarisiz asosiy to‘rda qatnashish huquqini qo‘lga kiritishgan.

Qur’a natijasiga ko‘ra, Fomin birinchi davrada turnirning birinchi raketkasi, qozog‘istonlik Dmitriy Popkoga qarshi kortga chiqadi. Musobaqada 8-raqam ostida tasniflangan Ismoilov rossiyalik Yevgeniy Tyurnev bilan hisob-kitob qiladi. Pavel Soy ukrainalik Vadim Ursu bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Qolgan tennischilarimizning raqiblari saralash turniri g‘oliblari bo‘ladi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 18:12, 17.04.2017.
O'qildi: 4595 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.