Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 05:00 Argentina - Kanada

«Real»da o‘rnini topa olgan Benzema

«Real»da o‘rnini topa olgan Benzema

Baho:
+ | -

2009 yilda “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tgan fransiyalik hujumchining jamoadagi o‘rni ko‘p vaqt so‘roq ostida qoldi. Hujum chizig‘idagi kuchli raqobatga qaramay 29 yoshli hujumchi hozirga qadar “Real”ning asosiy tarkibida va jamoa bilan barcha sovrinlarni yutib olishga ham erishdi.

Karim Benzema “Real”ga ko‘chib o‘tish arafasida 21 yasharli “Lion”ning yulduzi maqomida edi. Uning madridliklar safiga o‘tishini navbatdagi “Galaktika”ni qurayotgan Florentino Peresning o‘zi istadi. U klubga endigina kelgan chog‘ida esa “Real”da Ronaldu, Kaka, Raul, Xabi Alonso kabi jahon darajasidagi yulduzlar bor edi. Jamoada yetarlicha yulduz o‘yinchilar borligiga qaramasdan Benzema hozirgacha asosiy tarkibdan joy olib kelmoqda.

Uning Krishtianu Ronaldu bilan yaratgan tandemi esa madridliklarga ko‘plab g‘alabalar keltirdi. O‘zining shaxsiy maqsadlaridan ko‘ra jamoa manfaatlarini ustun ko‘radigan hujumchi portugaliyalik sherigi uchun golli vaziyat yaratib berishda ham jonbozlik ko‘rsatdi. Ayniqsa bu holat Mourinyo qo‘l ostidagi “Real”da yuqori saviyada edi. Mourinyo bilan uzoq kutilgan La Liga chempionligiga erishgan Benzema mavsum davomida 21 gol urib o‘zining eng yaxshi to‘purarlik salohiyatini ham namoyish eta oldi. Keyinchalik Iguain bilan raqobatdan xalos bo‘lgan fransiyalik hujumchi asosiy tarkibdan muqim joy egalladi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostida o‘ynagan Benzema sobiq ustozi tomonidan ham yuqori baholandi. O‘z intervyularidan birida italiyalik murabbiy quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan edi: “Benzemani fantastik hujumchi demayman balki fantastik o‘yinchidir. Bu eng to‘liq ifoda. U boshqa hujumchilardan kamroq gol urar, lekin u ajoyib o‘yinchi. Ronaldu va Beyl uchun ideal sherik. U bajarayotgan ishidan mamnun. U kamtar, super yulduz emas. Men uni juda yaxshi bilaman, “Real” uchun ajoyib ishlarni bajarmoqda.”

So‘nggi paytda esa Benzema jamoa bilan yangi shaxsiy rekordlarni o‘rnatishni ham boshlab yubordi. Aprel oyi boshida “Real” safida Ispaniya chempionatidagi 120-golini nishonladi. “Real” to‘purarlari safida esa Benzema 179 gol urib 9-o‘rinda bormoqda. 8-o‘rindagi Pako Xentodan 2 gol ajratib turibdi.

Bu oqshom, «Bavariya»ga qarshi bahsda gol uradigan bo‘lsa, yana bir tarixiy rekord qayd etadi. Chempionlar Ligasi musobaqasida Benzema fransiyalik eng yaxshi to‘purarga aylanib olishi mumkin.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 21:57, 18.04.2017.
O'qildi: 8764 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.