Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

"Futbol do‘stlik uchun" loyihasida O‘zbekistondan Ilyos Ahmedov ishtiok etadi

"Futbol do‘stlik uchun" loyihasida O‘zbekistondan Ilyos Ahmedov ishtiok etadi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 26 iyun kunidan boshlab 3 iyul kunigacha Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Futbol do‘stlik uchun” loyihasining final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

E’tiborli jihati bolalar o‘rtasida festival ko‘rinishida o‘tadigan ushbu loyihada bu yil O‘zbekiston Futbol Federasiyasi ham o‘z vakillari bilan ishtirok etadi.

“Futbol do‘stlik uchun” xalqaro loyihasi FIFAning bolalar futboliga bag‘ishlangan eng katta loyihalaridan biridir. Bu yil loyihaning final bosqichida 64 mamlakat vakillari ishtirok etishadi. Avvalroq xabar berganimizdek, loyiha doirasida o‘tadigan futbol turnirida har bir mamlakat bir nafar futbolchi bilan ishtirok etadi. Shu yilning 16 mart kuni Gamburg shahrida turnirga qur’a tashlash ma’rosimi bo‘lib o‘tdi. Bu mavsumda “Futbol do‘stlik uchun” loyihasida o‘z ishtirokini boshlaydigan O‘zbekiston Futbol Federasiyasi qur’aga ko‘ra “yashil do‘stlik jamoasi”dan joy oldi. Yana bir muhim fakt – qur’a O‘zbekiston nomidan loyihada yosh darvozabon ishtirok etishini aniqlab berdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi butun

Respublikamiz bo‘ylab 12-14 yoshdagi iqtidorli darvozabonlarni saralab olish ishlarini olib bordi. 19 aprel kuni esa Toshket shahrida xududiy saralashlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 7 nafar yosh nomzod ishtirokida saralashning final bosqichi o‘tkazildi. Bunda nomzodlarning harakatlarni O‘zbekistonning eng nomdor darvozabonlar bilan ishlash murabbiylari kuzatib borishdi.

Umuman olganda nomzodlar ikki bosqichda sinovdan o‘tishdi. Mutahassislar avval bevosita maydondagi mashg‘ulot va o‘yin vaqtidagi harakatlarni kuzatib, baholab 7 nafar yosh darvozabon ichidan 3 nafar eng yaxshisini ajratib olishdi. Eng kuchlilar orasida “Lokomotiv”, “Bunyodkor” hamda “Nasaf” jamoalari tarbiyalanuvchilarini ko‘rish mumkin edi.

Shundan so‘ng, “Futbol do‘stlik uchun” loyihasi bu xalqaro loyiha bo‘lganligi hisobga olingan holda nomzodlar bilan ingliz tilida kichik suhbat bo‘lib o‘tdi. Bunda nomzodlar o‘zlari haqida ingliz tilida ma’lumot berib, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi mutahassislari hamda yurtimizning taniqli sport jurnalistlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishdi.

O‘ziga xos suhbat yakunlanlach, 3 nafar nomzod orasidan toshkentning “Lokomotiv” jamoasi tarbiyalanuvchisi Ilyos Ahmedov O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tomonidan “Futbol do‘stlik uchun” xalqaro loyihasida ishtirok etish uchun tanlab olindi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 21:52, 20.04.2017.
O'qildi: 3088 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.