Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Aleksandr Gleb: Tarkib kuchaytirilsa, Messi yanada kuchliroq ishtiyoq bilan to‘p suradi

Aleksandr Gleb: Tarkib kuchaytirilsa, Messi yanada kuchliroq ishtiyoq bilan to‘p suradi

Baho:
+ | -

CHL chorak finalining dastlabki bellashuvlari olam-olam taassurotlar uyg‘otgani ayni haqiqat. Vajohatli «Barselona»ning yana bir bora mutlaq «tiz cho‘kishi», ayovsiz «Bavariya»ning bosh egishi, «sensasiya»chi «Monako»ning dadilligi...

Xullas, kutilmagan natijalar kutilganidan ko‘p. «SE» nashri ayni shu o‘yinlar yuzasidan suhbatlashish maqsadida «Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Glebni bezovta qildi. Marhamat, quyida Belarus futbolining eng sara vakillaridan biriga tegishli fikr-mulohazalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

- «Barsa»ning Turindagi omadsizligiga asosiy sabab Busketsning maydonga tushmaganligimi?

- Menimcha, buning mag‘lubiyatga aloqasi yo‘q. Harqalay, Buskets maydonga tushganida ham, jamoaga yordam berolmasdi...

- Nima uchun?

- Aslida «Barselona» safar uchrashuvlarini ko‘pincha ancha sust o‘tkazadi. Hattoki, o‘rtamiyona jamoalarga qarshi o‘yinlarda ham rosa qiynalganini ko‘p ko‘rganmiz. Shu tufayli «PSJ»dan tarsaki qabul qilib olgandi, endi «Yuventus» ham jamoani «nasiba»siz qoldirmadi.

- Kataloniya klubining inqirozga yuz tutganini ta’kidlashga asos bormi?

- Ha, «Barsa» darhaqiqat, avvalgidek emas. Rahbariyat yangi mavsum oldidan ayniqsa, himoya chizig‘ini kuchaytirishi shart. Aks holda, hech narsaga erisholmaydi. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, raqiblar «tiki-taka» uslubiga moslashib ulgurishdi. Qarang, kataloniyaliklar uchun hujum uyushtirish tobora qiyin kechmoqda. Zero, ularga qarshi o‘yinda ochiq futbol namoyish etadigan raqib qolmadi, hisob. Xullas, ko‘plab jamoalar «Barsa»ga qarshi zich, uyushqoq o‘yin ko‘rsatishni o‘zlashtirib oldi.

- Sizningcha, Dortmundda yuz bergan portlash «Monako»ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limida «Borussiya» futbolchilariga ruhiy ta’sir ko‘rsatmadimikan?

- Bu kabi yoqimsiz xatti-harakatlar ta’siri bilinmasligi qiyin, menimcha. Nafaqat «Borussiya», balki «Monako» vakillariga ham ruhan og‘ir edi. Aslida menga dortmundliklar ijrosidagi o‘yin yoqdi, lekin omad ulardan yuz o‘girdi. Boz ustiga, mezbonlar ko‘plab vaziyatlarda gol urolmaslik barobarida  himoyaviy harakatlarda ham xatolarga yo‘l qo‘yishdi va shunga yarasha jazolanishdi.

- Mbappe jahon darajasidagi yangi yorqin yulduzmi?

- To‘g‘rirog‘i, porlay boshlagan yulduz, u noyob iqtidor. Mavsum tugagach, qaysidir grand tarkibidan joy olsa, ajabmas. Hozircha kelajagini bashorat qilish noo‘rin. Yosh bo‘lishiga qaramay, «Monako»da yetarli o‘yin amaliyotiga ega, murabbiy unga to‘liq ishonmoqda. Yangi jamoada esa qanday munosabatga duch kelishi noma’lum. Kuchli raqobatga dosh berolmasa, zaxirada qolib ketishi hech gap emas.

- Xavi Martines maydondan chetlatilgunga qadar «Bavariya» ham, «Real» ham kosmik darajada futbol namoyish etdi. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

- Yuksak saviyali futbol, bu xususda ortiqcha gapga hojat yo‘q. Agar Martines maydonni barvaqt tark etmaganida, «Bavariya» g‘alaba qozonardi. Myunxenliklarga asossiz qoidabuzarliklar pand berdi. Axir «Real»dek grandga qarshi ozchilik bo‘lib to‘p surish oson-mi? Madridliklar bu kabi ustunlikdan samarali foydalanishni juda yaxshi bilishadi.

- Hakam Martinesga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatgan vaziyatda biroz oshirib yubormadimi?

- Aslida futbolchini og‘zaki ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin edi. Lekin u «Real» darvozasiga penalti belgilashda ham katta xatoga yo‘l qo‘ydi - takroriy lavhada to‘p qo‘l bilan o‘ynalmagani yaqqol ko‘rindi. Vidal «nuqta»dan zarba berishda adashmaganida, «Bavariya» ehtimol, yakuniy natijani 3:0ga yetkazardi... Albatta, endi yaqqol favorit tayin - «Real».

- Uchrashuvda «dubl»ga erishgan Krishtianu Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchisi ekanligini isbotlay oldimi yoki hamon sobiq jamoadoshingiz - Messini kuchliroq, deb bilasiz...?

Bu haqda bilmoqchi bo‘lsangiz maqola davomiga o‘ting. Davomi

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 09:57, 22.04.2017.
O'qildi: 4698 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.