Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sesk Fabregas: "Tottenhem" "Chelsi"ni yutmoqchi, biz ham ularni mag‘lub etmoqchimiz"

Sesk Fabregas: "Tottenhem" "Chelsi"ni yutmoqchi, biz ham ularni mag‘lub etmoqchimiz"

Baho:
+ | -

"Chelsi" yarimhimoyachisi Sesk Fabregas Angliya kubogi yarim finalida "Tottenhem" bilan uchrashuv oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

"Biz ko‘p mehnat sarflagan ushbu musobaqaning eng muhim uchrashuviga bor diqqatimizni qaratmoqchimiz. Biz finalga chiqmoqchimiz. "Tottenhem" Angliya chempionligiga nomzodmi, yo‘qmi, buning ahamiyati yo‘q. Futbolda barcha musobaqalar bir biridan farq qiladi. O‘yin finalga yo‘llanma beradi, 3 ochko yoki durang emas.

"Tottenhem" bizni yutmoqchi. Biz esa ularni yutmoqchimiz. Bu bor yo‘g‘i bir o‘yin. Ba’azan o‘yin natijalari jamoa ruhiyatiga ta’sir qiladi. Ammo bu mavsumda har bir omadsizlikdan so‘ng tez orada o‘zimizga kelganmiz. Umid qilamanki, "Chelsi" buni yana uddalaydi a g‘alaba qozonadi", - deydi Fabregas.

Manba: football.kulichki.net
Kiritildi: 16:09, 22.04.2017.
O'qildi: 3512 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик