Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

«El klasiko»: Tarixga taqaladigan to‘qnashuv

«El klasiko»: Tarixga taqaladigan to‘qnashuv

Baho:
+ | -

23 aprel kuni navbatdagi «el-klasiko» guvohiga aylanamiz. Ya’ni, Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati doirasida «Barselona»ni qabul qiladi. Bu hisob bo‘yicha 235-uchrashuvdir.

«El-klasiko» nafaqat «Real» hamda «Barselona», balki Ispaniyaning eng yirik ikkita shahri - Madrid va Barselona to‘qnashuvi hamdir. Bu derbi jahon futbolidagi eng mashhur va eng prinsipial to‘qnashuvlardan hisoblanadi. Kurash nafaqat sport, balki siyosat maydonida ham kechadi. Madrid — Ispaniya poytaxti. U yerda qirollik oilasi istiqomat qiladi. Kataloniya esa avtonom viloyat bo‘lib, separatik kayfiyatga ega. Bu hudud bir necha bor Ispaniyadan mustaqil bo‘lishga uringan. Ayni paytga kelib avtonomiya maqomini olgan. Shuningdek, katalonlar ispanlardan farqli millat deb tan olinishdi. Viloyatda katalan tili rasmiy hisoblanadi.

«Madrid» klubi 1902 yili aka-uka Padros va Xulian Palasioslar tomonidan tashkil etilgan. 1920 yilning 29 iyunida Ispaniya qiroli klubga «qirollik klubi» maqomini bergan. Bu ispanchada Real deganidir. Shundan keyin klub Real Madrid bo‘lib ketgan. Kataloniya provinsiyasidagi yirik futbol klubi esa «Real»­dan uch yil oldin tashkil topgan. Ta’sischi Joan Gamper shahar nomi tufayli jamoaga «Barselona» (FC Barcelona) deb nom bergan.

«El-klasiko» bahslarida gol urish bo‘yicha «Real» rekord o‘rnatgan: 1926 yilning 15 iyunida Ispaniya kubogining yarim finalida «Barselona» 11:1 hisobida mag‘lub etilgan. Birinchi uchrashuvda kataloniyaliklar 3:0 hisobida zafar quchishgan. Ammo hukumatning tahdidi tufayli javob o‘yinida yirik hisobda imkoniyatni boy berishgan. Aynan shundan so‘ng qarama-qarshilik avjiga chiqqan.

1950 yillarda ziddiyat yanada kuchaydi. Futbolchilar uchun kurash ham bunga sabab bo‘ldi. Alfredo Di Stefano «Milyonarios» (Bogota)da o‘ynab yurganida ikki jamoa rahbarlarining e’tiborini qozongan. «Real» ham, «Barselona» ham uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan. Yakunda Di Stefano Madrid klubini tanlagan. U «Real» safiga shunchalik tez kirishib ketdiki, oxir-oqibat klub ramziga aylandi. U o‘ynagan davrda «Madrid» qatorasiga besh marta Yevropa Chempionlar Kubogida zafar quchgan. Shuningdek, «Barselona»ning yetakchi o‘yinchilari

Bu hali hammasi emas, maqolaning davomi bu yerda

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 15:56, 23.04.2017.
O'qildi: 6844 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.