Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

«Super klasiko»da Messi «Barsa»ga g‘alaba keltirdi!

«Super klasiko»da Messi «Barsa»ga g‘alaba keltirdi!

Baho:
+ | -

"El-klasiko", kutilganidek, o‘ta qiziqarli, shiddatli va kurashlarga boy o‘tdi. Bunaqasini tasavvur qilish ham qiyin edi. Ammo el-klasiko, supero‘yin, superklasiko!

Hakamning bahsning 2-daqiqasidayoq penalti belgilashi mumkin edi. Olis masofadan yetkazilgan to‘pni Karvaxal o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga yetkazdi. Ronalduga to‘pga yetdi va Umtiti Krishtianuning oyog‘iga tepib yubordi. Portugaliyalik futbolchi yiqildi, ammo hakam penalti belgilashga jazm etmadi.

Bo‘lim o‘rtalarigacha har ikkala jamoa bir nechta hujumlar tashkil qilgan bo‘lsa-da, madridliklarning hujumlari ham son, ham xavflilik jihatdan sifatliroq bo‘ldi. Mark-Andre ter Shtegen namoyish qilib bergan bir nechta seyvlar "ko‘k-anorranglilar"ni bir nechta gollardan qutqardi.

Shunga qaramay, uchrashuvning 28-daqiqasi hisob ochildi. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Ter Shtegen musht bilan urib yubordi. Marselo to‘pni darvozabon maydonchasiga qaytardi. Ramosning oyoq bilan zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib, narigi tomonga ketdi. Kazemiro bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi!

O‘tkazib yuborilgan goldan keyin Enrike shogirdlari tezda o‘zlariga kelishdi, "Real" esa himoya haqida o‘ylay boshladi. Shu bois bo‘lsa kerak, "ko‘k-anorranglilar" hisobni tenglashtirishlari uchun 5 daqiqa kifoya qildi.  "Barselona" o‘z uslubida qisqa paslar orqali kombinasiya tashkil qildi va Messi jarima maydonchasiga kirib kelib, hisobni tenglashtirdi!

Hisob tenglashganidan keyin ustunlik kataloniyaliklar tomoniga o‘tib ketdi. Messining o‘zida 2 marta yaxshi imkoniyatga yuzaga keldi. Ammo uning zarbalariga biroz aniqlik yetishmadi.

Ikkinchi bo‘lim esa butunlay fantastika, dramatika va yana qandaydir janrlar ostida kechdi. Taymni "Madrid" shiddat bilan boshladi. Benzema 5-6 metrdan bosh bilan bergan zarbani Ter Shtegen oyoqlari bilan qaytardi. Ikkinchi 45 daqiqalikda Keylor Navas ham rosa ter to‘kishiga, seyvlar sonini keskin oshirishiga to‘g‘ri keldi. Seyvlar seriyasi Alkaserning zarbasidan keyin boshlanib ketdi.

E’tiborli tomoni, Navas Pikening 2ta o‘ta xavfli zarbalarini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Suaresning yaqin masofadan bergan zarbasi-chi? Bundan seylarni sanab sanog‘iga yetib bo‘lmadi.

Krishtianu Ronaldu maydonni golsiz tark etdi. Portugaliyalik futbolchi Asensioning uzatmasidan keyin bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olmadi. To‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi.

Ivan Rakitich esa "qaymoqranglilar"ni jazoladi. Xorvatiyalik futbolchi jarima maydonchasi tashqarisidan chap oyoqda aniq zarba berib, "Real" darvozasini ishg‘ol qildi.

Oradan 4 daqiqa o‘tib, "Real" maydonda bir kishi bo‘lib qoldi. U Messining oyog‘iga xavfli tashlangani bois, to‘g‘ridan-to‘g‘ri "qizil" bilan "siylandi. Ana shu pallada Pike o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishi mumkin edi. Ammo birga bir vaziyatda yaqin masofadan berilgan zarbani Navas qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan keyin "Barselona" biroz bo‘shashdi. "Real" esa kamchilikda o‘ynayotganiga qaramay, hisobni tenglashtirdi. Marselo chap qanotdan yetkazgan uzatmani Xames yaqin masofadan darvozaga joylab qo‘ydi.

Bu kecha "Barselona"ga g‘alaba qozonish nasib etgan ekan. Qo‘shib berilgan daqiqalar o‘tib borayotganida Serxi Roberto maydonning o‘ziga tegishli qismida "Real"ning 3 futbolchisini aldab o‘tib, o‘z jamoasiga katta ustunlikni yaratdi. Alba chap qanotdan yetkazgan uzatmani Messi darvozaga joylab qo‘ydi!

Ushbu g‘alabadan keyin Luis Enrike shogirdlari o‘z ochkolarini 75taga yetkazishdi, o‘zaro o‘yin va to‘plar nisbatiga ko‘ra "Real"dan oldinga o‘tib olishdi. Madridliklarda bitta zaxira o‘yini bor. Chempionat tugashiga 5 tur qoldi. Hali hammasi oldinda!

Ispaniya La ligasi, 33-tur
23 aprel, 23:45."Santyago Bernabeu"
"REAL MADRID" - "BARSELONA" 2:3
Gollar: 1:0 – 28 Kazemiro, 1:1 – 33 Messi, 1:2 – 73 Rakitich, 2:2 – 85 Xames, 2:3 – 90 Messi.
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Nacho, Marselo, Ramos, Kroos, Modrich, Kazemiro (Kovachich, 70), Beyl (Asensio, 39), Benzema (Xames, 82), Ronaldu.
Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Alba, Serdji Roberto, Buskets, Rakitich, Inyesta, Pako Alkaser (Andre Gomesh, 70), Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Kazemiro (12), Umtiti (39), Kovachich (81), Messi (90).
Chetlatish: Ramos (77).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:40, 24.04.2017.
O'qildi: 18802 marta.
Fikrlar: 62 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.