Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

Serxio Ramos : "Qarsaklarim? U Pikega atalgan edi"

Serxio Ramos : "Qarsaklarim? U Pikega atalgan edi"

Baho:
+ | -

"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Barselona" bilan uchrashuvda (2:3) qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Uchrashuvdan so‘ng "Barselona" himoyachisi Xerard Pike Ramosning chetlatilishidan so‘ng norozi bo‘lganiga munosabatini bildirdi. Uning aytishicha "Real" o‘yinchilari hakamlarning boshqacha qarorlariga o‘rganib qolishgan.

Jurnalistlar Ramosdan Pikening bu so‘zlariga sharh berishlarini so‘radilar.

"Men kechikdim, ammo menda raqibga jarohat yetkazish niyati yo‘q edi. Menimcha bu qizil emas, sariq kartochkaga loyiq edi. Buning uchun chetlatish - ortiqcha.

Chetlatilganimdan keyingi qarsaklarim? Ular Pikega atalgan di, hakamlarga emas. "Barselona" futbolni boshqacha tushunadi, ular doim hakamlar haqida gapiradilar, natijada bu foyda beradi. Biz hakamlar haqida gapirmaymiz, bu bizning uslubimiz emas. Pike esa doim hakamlar haqida gapiradi. Balki, haqiqatan ham hakamlar haqida jim turmay, gapirish kerakdir? Men bahslashmoqchimasman, biz oldinga intilishimiz kerak, oldinda og‘ir taqvim turibdi.

Pike bilan oramizda hech qanday muammo yo‘q, ammo hozir u bilan quchoqlashishimni so‘ramang. Pike "Real"ning boshqacha qarorlariga o‘rganib qolgan, dedi? Boshqacha qarorlar "PSJ" bilan uchrashuvda bo‘lgan", - deydi Ramos.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:32, 24.04.2017.
O'qildi: 20580 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.