Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

La liga. «Real» yoki «Barsa»: chempionlik uchun kimning imkoniyati yaxshiroq?

La liga. «Real» yoki «Barsa»: chempionlik uchun kimning imkoniyati yaxshiroq?

Baho:
+1 | -

Ispaniya chempionatining 33-turi doirasida "Real" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada ikkala jamoaning ochkolari soni tenglashdi — 75tadan.

Madridliklar hisobida bitta zaxirada qoldirilgan o‘yin bor. Xo‘sh, mana shunday pallada Ispaniya chempionligi uchun kimning imkoniyati yaxshiroq? Taqvimning qolgan qismida jamoalarning o‘yinlaridan kelib chiqib, vaziyatni tahlil qilib ko‘ramiz.

"REAL MADRID"
Zidan jamoasini mavsum so‘ngiga qadar (21 may) Ispaniya chempionati doirasida 6ta o‘yin kutib turibdi. Bundan tashqari, "Qirollik klubi" 2 va 10 may kunlari "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasining yarim final o‘yinlarini o‘tkazadi. Kechagi mag‘lubiyat tufayli Zidan endi har bir o‘yinda g‘alaba qozonish shart va murabbiy rotasiya siyosatidan to‘laqonli foydalana olmaydi. Natijada 1 oy ichida o‘tkaziladigan 8ta o‘yin tufayli "Real"ning asosiy tarkib futbolchilariga katta jismoniy bosim tushadi.

Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" navbatdagi turlarda "Deportivo" va "Valensiya"ga qarshi oson bo‘lmagan o‘yinlarni o‘tkazishadi. "Atletiko" bilan bo‘ladigan YECHL bahslaridan keyin "Madrid"ni "Sevilya" va "Selta"ga qarshi qiyin o‘yinlar kutib turibdi.

La liga, 34-tur. 26 aprel. "Deportivo" - "Real Madrid"
La liga, 35-tur. 29 aprel. "Real" - "Valensiya"
YECHL, yarim final. 2 may. "Real" - "Atletiko"
La liga, 36-tur. 6 may. "Granada" - "Real"
YECHL, yarim final. 10 may. "Atletiko" - "Real"
La liga, 37-tur. 14 may. "Real" - "Sevilya"
La liga, 21-turning qoldirilgan o‘yini. 17 may. "Selta" - "Real"
La liga, 38-tur. 21 may. "Malaga" - "Real"

"BARSELONA"
"Barselona" esa 1 oy ichida 5ta o‘yin o‘tkazadi xolos. "Vilyarreal" va "Espanyol"ga qarshi uchrashuvlar "ko‘k-anorranglilar"ga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

La liga, 34-tur. 26 aprel. "Barselona" - "Osasuna"
La liga, 35-tur. 29 aprel. "Espanyol" - "Barselona"
La liga, 36-tur. 6 may. "Barselona" - "Vilyarreal"
La liga, 37-tur. 14 may. "Las-Palmas" - "Barselona"
La liga, 38-tur. 21 may. "Barselona" - "Eybar"

Xulosa
Enrike jamoasi qolgan 5ta o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qiladi va "Real"ning qoqilishini kutadi. "Qirollik klubi" 6ta o‘yinda bir marta durang o‘ynash huquqiga ega. Ochkolar teng bo‘lib qolsa, chempionlik "Barselona"ga nasib etadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:16, 24.04.2017.
O'qildi: 23419 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.