«Barselona» himoyachisi Jerar Pike «Real» klubi sha’niga navbatdagi toshni otish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmadi.
Futbolchi Primeraning 33-turidan joy olgan «Real» (3:2) klubiga qarshi o‘yinda Serxio Ramosning maydondan chetlatilishiga izoh berdi.
«Bu haqqoniy qizil kartochka bo‘ldi. Chunki u ikki oyog‘i bilan Messiga sakradi.
«Bernabeu»da «Real» hakamning yon bosishiga ko‘nikib qolgan. Agar hakam halol ishlasa, «Real» uchun u bosh aybdorga aylanadi» - dedi Pike.