Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Pike va Ramos. Ispaniya bayrog‘i ostidagina birlashadigan jo‘jaxo‘rozlar

Pike va Ramos. Ispaniya bayrog‘i ostidagina birlashadigan jo‘jaxo‘rozlar

Baho:
+ | -

«Real» — «Barselona» o‘yiniga qadar ham Pike hamda Ramos o‘rtasidagi aytishuvlar davom etib kelayotgandi. Mundo Deportivo nashri hakamlarning adashishlari «Real» foydasiga, «Barselona»ning esa zarariga ishlayotgani haqidagi faktlarni qalashtirib tashlagach, bu holat yanada avj oldi.

Har ikki futolchi La liga 33-turidagi «El-Klasiko»da to‘qnash keldi. «Barselona»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgan o‘yinning 77-daqiqasida bosh hakam Serxio Ramosga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.

Maydondan chiqib ketayotganida Ramos bir nimalarga ishora qildi va oxirida qarsak ham chalib qo‘ydi. «Sports.ru»ning oydinlik kiritishicha, bu bilan Ramos raqibi Pikega kamroq gapirishni uqtirmoqchi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, «El-Klasiko»dagi qizilga qadar Ramos 77 daqiqa davomida biror marta ham raqibdan to‘pni muvaffaqiyatli olib qo‘ya olmagan va to‘pni egallab turishni qoyil qilmagan. Bu ham «Sports.ru» keltirgan ma’lumotdir.

«Biz faqat hakamlik haqida gapiradigan «Barselona» emasmiz. Qizil — noto‘g‘ri qaror edi, biroq biz unga hurmat bilan munosabatda bo‘lamiz» - Serxio Ramos, «Real Madrid» a’zosi.

«Barselona» himoyachisi Pike esa shu fikrlarning aksini aytdi.

«Bu haqiqiy qizil kartochka — u raqibiga har ikkala oyog‘i bilan tashlandi. Shunchaki ular o‘z foydalariga ishlashi mumkin bo‘lgan qarorlarga o‘rganib qolishgan, bu safar esa unday bo‘lmadi» - Xerard Pike, «Barselona» a’zosi.

Ramos Pikening shu fikrlariga qarama-qarshi «PSJ»ga qarshi javob o‘yinini eslab o‘tdi.

«Pike bilan hech qanday muammo yo‘q. Biroq hozir mendan uni quchib qo‘yishni so‘ramang. Pikening aytishicha, «Real» o‘ziga yon bosiladigan hakamlikka o‘rganib qolgan. Aslida shunday hakamlikni biz «PSJ»ga qarshi uchrashuvda ko‘rgandik» - Serxio Ramos, «Real Madrid» a’zosi.

Shuningdek, «Real» yetakchisi maydonni tark etar chog‘ida nima sababdan qarsak chalgani va Messiga jarohat yetkazish niyatida emasligi haqida ham aytdi.

«Men kech qoldim. Biroq bunda raqibga jarohat yetkazish niyatim yo‘q edi. Mening tushunchamga ko‘ra, bu qizil emas, balki sariq kartochka.

Chetlatishdan keyingi qarsagim hakamga emas, Pikega edi. «Barselona»da futbolni boshqacha tushunishadi va doim hakamlar mavzusi ko‘tariladi. Biz esa hakamlikni gapirmaymiz, bu bizning uslub. Pikening muammolari doim hakamlar bilan. Xullas, men qandaydir bo‘lmag‘ur narsalarga bosh qotirishni istamayman, oldinda bizni shundoq ham og‘ir taqvim kutib turibdi» - Serxio Ramos, «Real Madrid» a’zosi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:28, 24.04.2017.
O'qildi: 9541 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.