Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 19:00 Metallurg 1-1 Navbahor
24/05 19:30 Olimpik 0-0 Andijon
24/05 23:45 Jenoa 2-0 Bolonya
25/05 00:00 Jirona 7-0 Granada
25/05 17:00 Osasuna - Vilyarreal
25/05 19:15 Real Sosyedad - Atletiko
25/05 21:00 Yuventus - Monsa
25/05 21:30 Almeriya - Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan - Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid - Betis
26/05 17:00 Xetafe - Malyorka
26/05 19:15 Selta - Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas - Alaves
26/05 21:00 Atalanta - Torino
26/05 21:00 Napoli - Lechche
26/05 23:45 Verona - Inter
26/05 23:45 Empoli - Roma
26/05 23:45 Frozinone - Udineze
26/05 23:45 Lasio - Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya - Barselona

Ronalduning 100ta goliga turlicha rakurs

Ronalduning 100ta goliga turlicha rakurs

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu «Bavariya»ga qarshi kechgan chorak finalning ilk o‘yinida yevrokuboklar doirasida 100ta gol marrasiga yetgan birinchi goleador bo‘lgandi. Portugaliyalik futbolchi «Santyago Bernabeu»dagi javob bahsida esa «xet-   trik»ka erishdi va YECHL tarixida ham 100ta gol urgan yagona futbolchiga aylandi. Unga 100lik dovonidan oshishi uchun 137ta o‘yin kifoya qildi. Ronalduning asosiy raqibi - Lionel Messi ham bu marrani zabt etish imkoniga ega, faqat keyingi mavsumda... Tan olish kerak, Krishtianu  «MYU»da o‘ynagan payt bunday mahsuldorligi bilan ajralib turmasdi.

CHL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar

Ronaldu va Messiga raqobat taqdim etishi mumkin bo‘lgan yagona futbolchi - bu Karim Benzema. Robert Levandovski («Bavariya», 40ta), Tomas Myuller («Bavariya», 39ta), Edinson Kavani («PSJ», 25ta) va Neymar («Barselona», 21ta) kabi saviyali hujumchilarning goleadorlar ro‘yxatida yuqori o‘ntalikka kirishlari uchun esa biroz vaqt kerak. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, CHL tarixida jami 54 nafar futbolchi 20ta yoki ko‘proq gol urgan.

Futbolchi

Gol

O‘yin

Muddat

Klublari

1. Krishtianu RONALDU

100

137

2003-...

«MYU», «Real»

2. Lionel MESSI

94

115

2005-...

«Barselona»

3. RAUL Gonsales

71

142

1995-2011

«Real», «Shalke»

4. Ruud van NISTELROY

56

73

1998-2009

PSV, «MYU», «Real»

5. Karim BENZEMA

51

92

2006-...

«Lion», «Real»

6. Tyerri ANRI

50

112

1997-2010

«Monako», «Arsenal», «Barselona»

7-8. Andrey SHEVCHENKO

48

100

1994-2012

«Dinamo» K., «Milan», «Chelsi»

7-8. Zlatan IBRAGIMOVICH

48

119

2001-2016

«Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «Milan», «PSJ»

 

Son va sifat uyg‘unligi

«Real» va Krishtianu uchun joriy mavsum hisobidan oldinda hali kamida yana 2ta o‘yin borligini inobatga olsak, uning gollari soni oshishi ehtimoli yuqori. E’tiborli tomoni, portugaliyalik futbolchi 2016 yilning 27 sentyabr kuni joriy mavsum guruh bosqichi doirasidagi o‘yinda «Borussiya» D. darvozasini ishg‘ol qilganidan keyin naq 6ta uchrashuvdamaydonni golsiz tark etgandi. Xullas, u «Bavariya»ga qarshi ilk o‘yinda qora seriyasiga barham berish barobarida yana avvalgi mahsuldorligini tikladi (2ta o‘yinda 5ta gol). Aytgancha, Ronaldu mavsum-2013|2014da 17ta gol urgandi va bu ko‘rsatkich turnir uchun hamon rekord bo‘lib turibdi.

Mavsum

Gol

Klubi

Gol

2006|2007

3

«MYU»

15

2007|2008

8

«Real»

85

2008|2009

4

 

 

2009|2010

7

Bosqich

Gol

2010|2011

6

Guruh

51

2011|2012

10

1|8 final

20

2012|2013

12

1|4 final

17

2013|2014

17

1|2 final

10

2014|2015

10

Final

2

2015|2016

16

 

 

2016|2017

7

 

 


Ahamiyat bo‘yicha

DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:46, 26.04.2017.
O'qildi: 7673 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.