Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Karles Puyol: Murabbiylik kasbi menga emas

Karles Puyol: Murabbiylik kasbi menga emas

Baho:
+ | -

«Barselona»ning afsonaviy himoyachisi Karles Puyol Moskvaga tashrif buyurdi. Bundan unumli foydalangan Championat.som sayti muxbirlari futbolchi bilan suhbat uyushtirishdi. Ispaniyalik yulduzni Rossiyaga JCH-2018 hamda Konfederasiyalar kubogi-2017ning rasmiy banki - «Alfa-Bank» taklif etdi.

— Yaqinda «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ida sahifa ochdingiz. Ayni payt uni kim yurityapti?

— Rus tilida gaplashmayman, shu bois yozuvlarni yordamchilarim joylashadi. Lekin nimani va qachon qo‘yishni men hal qilaman. Shunday ekan, o‘zim yurityapman, desam bo‘laveradi.

— Bir yarim oy oldin ham Rossiyaga tashrif buyurgandingiz...

— Ha. Afsuski, tashrif ikki kun davom etdi, xolos. Moskva va Sankt-Peterburgda bo‘ldim. Bu safar ham uzoq qolmayman. Mamlakat bilan o‘zim istagandek yaqindan tanisha olmayapman. Konfederasiyalar kubogi o‘tkazilayotgan payt kelishim aniq. Balki o‘shanda Rossiyani yaxshilab o‘rganarman.

— Ko‘p sayohat qilasizmi?

— Juda ko‘p. Faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng bu yanada oson bo‘lib qoldi. Hozirda iloji boricha ko‘proq sayohatga chiqyapman, xalqaro loyihalarda ishtirok etyapman.

— Murabbiy bo‘lishni istarmidingiz?

— Yo‘q, xohlamayman. Ivan de la Penya bilan firma ochganimizdan so‘ng ishlarim juda ko‘payib ketdi. Bu firma yosh futbolchilar bilan shug‘ullanadi. Shu bois ham murabbiylikka vaqt yo‘q (Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Mark Bartra firma mijozlaridan hisoblanadi — tah.).

— Biror-bir jamoadan taklif bo‘ldimi?

— Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin ayrim klublar murabbiy yordamchisi lavozimiga chaqirishdi. Albatta, ularning takliflaridan minnatdorman. Biroq bu ish bilan shug‘ullanmoqchi emasman.

— «Barselona» chaqirsa-chi?

DAVOMI

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 17:00, 26.04.2017.
O'qildi: 3706 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.