Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo: "Ibrahimovichning "MYU"dagi kelajagi? Hozir bu menga qiziq emas"

Mourinyo: "Ibrahimovichning "MYU"dagi kelajagi? Hozir bu menga qiziq emas"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo 26-turning qoldirilgan o‘yini "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuv oldidan jamoa hujumchisi Zlatan Ibrahimovichga to‘xtaldi.

"Manchester Siti"ni ortda qoldirib, ammo top-4 ga kira olmaslikdan ma’no yo‘q. Hatto "Siti" uchinchi o‘rinni olib, biz to‘rtinchida qolganimizda ham. Men o‘z yigitlarimga ishonaman. Ular oxirgi soniyalargacha kurashadilar.

Ibrahimovichning kelajagiga kelsak, uni katta opersiya va tiklanish uchun uzoq muddat kutib turibdi. Zlatan ruhan kuchli. U odamlar aytgan vaqtda mas, o‘zi xohlaganda to‘xtaydi. Uning klubdagi kelajagi? Bilmayman va bilishni istamayman. Hozir bu menga qiziqmas.

Meni uning murakkab operasiyasi xavotirga solyapti, shundan so‘ng u tiklanish uchun qadam qo‘yishi kerak. Ibrahimovich mendan ham, mening istagimdan ham muhimroq. Men har doim o‘yinchilarning baxtiyor bo‘lishlarini va baxtli kelajakni o‘zlari tanlashini istayman. Ammo hozir, operasiyagacha uning kelajagi haqida gapirishdan ma’no yo‘q", - deydi Mourinyo.

Manba: championat.com
Kiritildi: 19:57, 26.04.2017.
O'qildi: 4660 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик