Angliya futbol uyushmasi (FA) totalizatorda pul tikkani uchun «Byornli» jamoasi futbolchisi Joui Bartonni 18 oyga futbolga oid faoliyatdan chetlatdi. Bu haqda FA rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Futbolchi o‘z aybini tan oldi, ammo qaror o‘ta qattiqqo‘l ekanini ta’kidladi. Joui Bartonning aytishicha, FA uning faoliyatini yakunlashiga turtki qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Joui Barton futbolchilik faoliyati davomida Angliyaning «Manchester Siti» (2002–2007), «Nyukasl» (2007–2011), «Kuinz Park Reynjers» (2011–2015), Fransiyaning «Marsel» (2012–2013, ijara), Shotlandiyaning «Reynjers» (2016) hamda «Byornli» (2015–2016, 2017) klublarida to‘p surgan.