Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Vitaliy Denisov: «Grandlarni yengish hamisha zavqli»

Vitaliy Denisov: «Grandlarni yengish hamisha zavqli»

Baho:
+ | -

Moskvaning «Lokomotiv» klubida to‘p surayotgan Vitaliy Denisov SSKAga qarshi kechgan muhim derbi oldidan «Sport-Ekspress» nashriga intervyu berib, rossiyalik hamkasblarimizni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

- «Amkar» bilan o‘yindagi hakamlikdan so‘ng o‘zingizga kelishingiz qiyin bo‘lgandir?

- Hamma aybni referiga yuklash noto‘g‘ri. Ularning ishini muhokama qiluvchilar bor. Hozir kamchiliklar haqida gapirish befoyda. Baribir, ikki ochkoni qaytarib ololmaymiz. O‘zimiz tartibli o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Endi bor e’tiborni keyingi uchrashuvga qaratamiz.

- Demak, g‘alabaning boy berilishiga o‘zingiz sababchisiz?

- Ko‘proq gol urishimiz mumkin edi. Qulay vaziyatlar yaratildi, ammo ulardan foydalana bilmadik. Hakamlik esa... Ushbu masalani qo‘mitadagilar hal etishsin. Hozir ularning ishi tobora ko‘paymoqda.

- «Zenit»-«Ural» o‘yinini nazarda tutyapsizmi?

- Ha, Bikfalvi chetlatilgan vaziyatni ko‘rdim. O‘ylashimcha, «Ural» o‘yinchisi to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgandi. Keyin sodir bo‘lgan narsa shunchaki, to‘qnashuv edi. Bikfalvi mazkur holatda sariq kartochkaga munosib emasdi. Bu mening fikrim. O‘ylashimcha, hakam uchrashuv tizginini qo‘ldan chiqardi, xatoga yo‘l qo‘ydi va yakunda shunday vaziyat kuzatildi.

- Pavlyuchenkoni biror marta shunday g‘azablangan holda ko‘rganmidingiz?

- Futbol ehtiroslarga boy, aksariyat hollarda asabni jilovlash murakkab yumushga aylanadi. Roma esa og‘ir-bosiq, mehribon va quvnoq yigit. Ammo o‘sha paytda u haqiqatan juda achchiqlanganini ko‘rsatdi.

- Sizningcha, qaysi jamoa «Lokomotiv»ning eng prinsipial raqibi hisoblanadi - «Spartak»mi, SSKAmi yoki «Zenit»?

- Bunday klublarni yengish hamisha yoqimli. Har qanday vaziyatda uch ochko olish muhim. Ammo grandlar ustidan g‘alaba qozonish o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi.

- SSKA haqida gapirilganda ko‘nglingizdan qanday hislar kechadi?

- Albatta, bu klubning hayotimda tutgan o‘rni bor. Ammo hissiyotlar o‘ta kuchli deyolmayman. Har holda ikkinchi jamoada to‘p surganman. Asosiy tarkibda esa kubok bahslarida bir-ikki marta maydonga tushganman. Lekin baribir, o‘sha damlarni eslash yoqimli. O‘shanda Rossiyaga ko‘nikayotgandim, mamlakatni kezib chiqqandim. Ikkinchi jamoada Rossiya chempionligini qo‘lga kiritdim, kubokda yutdik, UYEFA kubogi finalidagi g‘alabali o‘yin paytida men ham bor edim. SSKAga qarshi hech nima deyolmayman, biroq hozir «Lokomotiv» a’zosiman. Maydonga chiqqanimda «temiryo‘lchilar» sharafi uchun kurashaman, o‘tmish bilan yashamayman.

- Shunga qaramay, chempionlik poygasida «harbiylar» tarafdori bo‘lsangiz kerak?

- Bunday savollarga ehtiyotkorlik bilan javob qaytarishga intilaman. Hozir aytgan gapim keyinchalik muhokamaga sabab bo‘lishi hech gapmas (kuladi). Umuman, g‘oliblik poygasini kuzatish maroqli. Har qanday uchrashuv vaziyatni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Turnir jadvali o‘rtalaridagi kurash ham qizg‘in kechmoqda. Turli jamoalardagi hamkasblarim bilan suhbatlashaman, ayrimlariga haqiqatan ham muxlislik qilaman. Har qanday vaziyatda o‘yin kimning kuchliligini ko‘rsatadi. Faqat o‘yin.

- Nima, bunday vaziyatda birinchi darajaga boshqa narsa chiqishidan xavotirdamisiz?

- Hozirda hakamlik borasida ko‘p gapirilyapti. Ularga bunday bosimni yengish oson emas. Referilarda qandaydir kamchilik kuzatilishi mumkin. Umid qilamanki, chempionat yakunida qo‘pol xato uchramaydi. Hammasi adolatli bo‘lishini xohlayman.

DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:35, 29.04.2017.
O'qildi: 5368 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.